http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Vazifalar ijrosi ijtimoiy hamkorlik yo’lida

on .

Ma'lumki, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-madaniy masalalarda kasaba uyushma qo’mitalari faoliyati muhim o’rin tutadi.

Qolaversa, ishlab chiqarish korxonalaridan tortib, yordamchi sexlar maqomidagi tashkilotlar oldidagi vazifa va majburiyatlarni samarali amalga oshirilishida ularning hissasi alohida ahamiyatga ega.

"Olmaliq KMK" AJ Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi jamoalari har sohada ibrat olsa arziydigan vazifalarni bajarib kelmoqda. Ayniqsa, mehnatkashlar ijtimoiy muhofazasining ta'minlanishi, boshqarma ishlab chiqarish ko’rsatkichlari bajarilishi va samarali natijalar qo’lga kiritilishida kasaba tashkilotining ulushi beqiyos bo’layapti. Kuni-kecha kombinat O’quv markazida boshqarma rahbariyati, ishchi-xodimlari hamda kasaba uyushma qo’mitasi a'zolari ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilish IChAB ma'muriyati va kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan 2015 yilda jamoa shartnomasida belgilangan shartlarning ijrosi yo’lida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag’ishlandi. Yig’ilish avvalida so’zga chiqqan boshqarma boshlig’i Aleksandr Li o’tgan sarhisob yilida IChABda amalga oshirilgan ishlar, qo’lga kiritilgan samaralar va oldinda turgan rejalar haqida to’xtalib o’tib, mehnat shartnomasida belgilangan barcha vazifalar jamoa tomonidan to’laqonli bajarilganligini ta'kidlab o’tdi.

Boshlang’ich kasaba tashkilotining 2015 yildagi faoliyati haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirar ekan, tashkilot raisi Sherzod Tursunov, o’tgan davr mobaynida qo’mita tomonidan Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi yo’nalishida boshqarma bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan keng qamrovli chora-tadbirlar rejasiga ko’ra amalga oshirilgan ishlar, ishchi-xodimlar mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat faxriylariga ko’rsatilgan amaliy yordamlar, mehnatkashlar va ularning farzandlari salomatligi yo’lidagi ko’rsatilgan g’amxo’rlik xususida batafsil to’xtaldi.

Bundan tashqari, boshqarma ishlab chiqarish bo’limlaridagi qo’mita guruhlarining bevosita tashkilotchiligi ostida ishchi-xodimlar kasb malakasini oshirish, ma'naviy-ma'rifiy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar, turli xil kasb tanlovlari sexlarda sog’lom ma'naviy-ishlab chiqarish muhiti yaratilishiga zamin yaratayotgani ta'kidlandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech