http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Reja va dasturlar belgilab olindi

on .

Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi tasarrufidagi Maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan "Sog’lom ona va bola yili", shuningdek hukumat qarorlaridan kelib chiqqan holda o’zlarining ish rejalarini ishlab chiqish borasida boshlab yuborilgan sa'yi-harakatlar kuni-kecha yakuniga yetkazildi.

Boshqarmaning maktabgacha ta'lim bo’limi, pediator shifokorlari hamda uslubiyotchilari bilan kelishilgan holda ish rejalaridan o’rin olgan tadbirlarning mazmun-mohiyati, yo’nalishi, maqsadi, ijro muddatlari hamda kutilayotgan natijalari mukammal aniqlashtirib olindi. Kombinat Maktabgacha ta'lim muassasalari "Bolajon" tayanch dasturi hamda "Sog’lom avlod" Davlat dasturlari ijrosi yo’lida olib borilayotgan ishlarni ham davom ettirishlari belgilab chiqildi. "Sog’lom ona va bola" yili uchun ishlab chiqilgan ish rejalari xodimlar bilan ishlash, sog’lom ovqatlantirishni tashkillashtirish, ta'lim-tarbiyaviy ishlar, salomatlik mezonlari, MTMni moddiy-texnikaviy bazasini yaxshilash, ota-onalar bilan aloqalar kabi alohida boblardan tashkil topib, har bir bobda bir nechta tadbirlar o’z aksini topgan. Jumladan, sog’lom ovqatlanishni tashkil etish bobida muassasalarda rasionga boy ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish bilan bir qatorda bolalarning uyda to’g’ri ovqatlanishlarini ta'minlash bo’yicha takliflar ham kiritildi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilarimiz salomatligini ta'minlash maqsadida salomatlik profilaktikasiga doir bir qator amaliy tadbirlar rejaga kiritilib, bolalar shifokorlari hamda tibbiy hamshiralar tomonidan olib boriladigan vazifalar doirasi kengaytirildi. "Sog’lom ona va bola yili" munosabati bilan tayyorlanadigan banerlar va lavhalar sermazmun hamda talabga mos bo’lishi ham diqqat markazimizda bo’ladi. Ota-onalar bilan samarali ish olib borish maqsadida klublar tashkil etish ko’zda tutilayapti. Maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan maqsadli va puxta rejalar ishlab chiqildi, uning samarali ijrosi esa muassasalar rahbarlari, pedagoglar, tarbiyachilar hamda kasaba uyushma guruhlari a'zolarining tashkilotchilik qobiliyatlariga uzviy bog’liq. Kombinat MTM jamoalari belgilab olingan dasturlar va ish rejalarini yuksak saviyada bajara oladilar, deb ishonch bilan aytishimiz mumkin. Bu borada yetarlicha tajriba, mohir pedagog-tarbiyachilar, bizni qo’llab-quvvatlab kelayotgan otaliq tashkilotlarimiz hamda farzandlar kamoli yo’lida kamarbasta bo’lib kelayotgan ota-onalarimiz, eng asosiysi "Olmaliq KMK" AJ rahbariyati va kasaba uyushmasi Kengashi bor.

Kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizga xosdir. Jismonan va ma'nan sog’lom, har tomonlama rivojlangan yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mahalla bilan aloqalarni mustahkamlash va shu asosda oilalar barqarorligini ta'minlash, farzandlarimizni yuksak ma'naviy-ma'rifiy tarbiya olishi yo’lida boshlang’ich asosni qo’yish bosh vazifamizdir. Mazkur vazifa esa farzandlarimizning ma'naviy rivojlanishiga, ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkillashtirish va bolalarni ma'naviy kamolotiga keng e'tibor qaratish asoslarida bajariladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech