Tadbirlar

Dolzarb mavzuda davra suhbati

on .

"Olmaliq KMK" AJ Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati ishchi-xodimlari kombinat va yurt boyliklarini himoya qilish, ular xavfsizligini ta'minlash vazifalarini sidqidildan bajarib borish bilan bir qatorda madaniy-ma'rifiy va sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

Ayniqsa, ular tomonidan muntazam tashkillashtirib borilayotgan davra suhbatlari qo’riqchilarning ma'naviy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilayapti. Kuni-kecha xizmat a'zolari, IHQX va shahar "Kamolot" YoIH va Olmaliq shahar Xalq demokratik partiyasi vakillari hamda kombinat kutubxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan davra suhbati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning  mamlakatimizni 2015 yilgi ijtimoiy-iqisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga doir Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasiga bag’ishlandi.

Dastlab davra suhbatini xizmat "Kamolot" YoIH raisi Inomjon Matmusaev ochib berib, so’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va yurtboshimizning 2016 yil 15 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining qo’shma yig’ilishidagi ma'ruzasi mazmun-mohiyatini tadbir qatnashchilariga keng yoritib berdi.

Kombinat kutubxonasi xodimasi Muhayyo Ortiqova tadbirda ma'ruza qilar ekan, sarhisob yilida amalga oshirilgan iqtisodiy-ijtimoiy sohaga doir ishlar, joriy yilda mamlakatimizda belgilab olingan rejalar hamda "Sog’lom ona va bola" Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida boshlab yuborilgan amallar xususida to’xtalib o’tdi.

Mamlakatimizda aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, yoshlarga oid imtiyoz va imkoniyatlar, yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan uzoq yillik kredit asosida ajratilayotgan "Kamolot" uylarini ta'sis etish to’g’risida Olmaliq shahar Xalq demokratik partiyasi raisi Muhriddin Hamzaev va shahar "Kamolot" YoIH raisi Jasur Safarmatovlar batafsil ma'lumotlar berib o’tishdi.

            Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech