Tadbirlar

Suv ta'minotchilarining kichik olimpiadasi

on .

"Metallurg" sport klubining yillik taqvim ish rejasiga asosan, 150 dan ziyod sport-sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va ushbu tadbirlarda kombinatning 12000 nafardan ziyod mehnatkashlari hamda ularning oila-a'zolari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Voleybol bo’yicha fevral oyida o’tkazilishi ko’zda tutilgan bahslar 7 fevral kuni "Sanoatsuvta'minoti" sexining erkaklar o’rtasida ochiq birinchiligi bilan start oldi. Ikki teng kuchli guruhlarga bo’lingan 10 ta havaskor voleybolchilar jamoasi uchrashuvlari bilan musobaqa boshlandi. O’z guruhlarida birinchi va ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar yarim finalda o’zaro ro’baro kelishib, final yo’llanmasi taqdirini hal qilishdi. 1- va 4-uchastka jamoalari o’rtasida kechgan birinchi yarim final bahsi kutilganidan ham murosasiz kurashlar ostida o’tdi. Jamoalar navbati bilan setlarda g’alaba qozonishdi. Hal qiluvchi uchinchi setda 4-uchastka jamoasi o’z irodasini namoyon etib, zarur g’alabani qo’lga kiritdi. Xuddi shuningdek, 3- va 7-uchastka jamoalari o’rtasida kechgan ikkinchi yarim final uchrashuvi ham murosasiz, qizg’in ruhda o’tdi. Ushbu uchrashuvda 7-uchastka jamoasiga omad kulib boqdi. 1- va 3-uchastka jamoalari o’rtasida o’tkazilgan 3-o’rin uchun kechgan bahsda 1-uchastka jamoasi zafar quchdi. Final uchrashuvida 4- va 7-uchastka jamoalari o’zaro orani ochiq qilishdi. Musobaqaga jiddiy hozirlik ko’rgan 4-uchastkaning havaskor voleybolchilari raqiblariga hech qanday imkon qoldirmay ikki setda g’alabani rasmiylashtirib, "Sanoatsuvta'minoti" sexi kichik olimpiadasi dastlabki musobaqasida chempionlikni qo’lga kiritishdi. Musobaqa g’oliblari va faol ishtirokchilar kasaba uyushma qo’mitasining pul mukofotlari va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech