Tadbirlar

Navoiyga ehtirom

on .

Tarixni o’rganish hamma zamonlarda ham muhim va ahamiyatli hisoblangan. Zero, har qanday millatning buguni va istiqbolini uning o’tmishidan, tarixidan ayro tasavvur etib bo’lmaydi.

Biz dunyoning eng qadim millatlaridanmiz - bu haqiqat. Insoniyat tamadduniga qo’shgan ulushimiz beqiyos ekanligi ham rost. Buyuk ajdodlarimiz haqida fikr bildirish, ulardan qolgan boy ilmiy, madaniy-ma'rifiy merosni baholash uchun asrlarni qaritmoq darkor. Arastudan keyingi  ikkinchi ustoz-muallimi soniy martabasiga erishgan Forobiy, hikmatlari "Qur'oni turkiy" deya shuhrat qozongan Xo’ja Ahmad Yassaviy - Makkada Muhammad, Turkistonda - Ahmad mavqeyiga erishgan zoti sharif. Arab va muqul bosqinchilari qoldirgan asoratlardan yurtni xalos etib, zamin sayqali Samarqandni bunyod etgan Amir Temur Ko’ragoniy. Amir Temur saltanati xalqimizga Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk siymolarni yetishtirdi.

Istiqlol sharofati bilan o’zligimizni, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanligimizni angladik, bunyodkor va yaratuvchan xalq sifatida mamlakatimizning ulkan imkoniyatlarini butun olamga namoyon qila oldik. OKMK Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati Kasaba uyushmasi, "Kamolot" YoIH va "Metallurg" MS qoshidagi badiy kutubxona hamda Olmaliq shahar Ijtimoiy-iqtisodiy va servis KHK hamkorligida buyuk mutafakkir, so’z mulkining sultoni Nizomiddin mir Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan kechada yuqoridagi fikrlar baralla yangradi. Navoiyxonlik kechasini ochar ekan, IHQ xizmati "Kamolot" YoIH yetakchisi Inomjon Matmusaev buyuk ajdodimizning boy ijodiy merosi bugungi kunda ham xalqimiz uchun bebaho ma'naviy xazina bo’lib xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan bildirib o’tdi.

Olmaliq shahar Ijtimoiy-iqtisodiy va servis KHK o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchilari Klara Usmonqulova hamda Nargiza Eshmatovalar shoir hayoti va lirik ijodi haqida batafsil ma'lumotlar berishdi. Mazkur kollej musiqa fani o’qituvchilari o’z shogirdlari bilan buyuk bobomiz g’azallari asosidagi mumtoz qo’shiqlarni tadbir qatnashchilariga taqdim etishdi.

Xizmat bo’linmalarining xodimlari Navoiy bobomiz g’alamiga mansub ruboiy va g’azallarni o’qib berishdi. Tadbir yakunida madaniy-ma'rifiy kechada munosib qatnashgan bir guruh xodimlar xizmat rahbariyatining diplomlari bilan taqdirlanishdi. IHQX I bo’lim 3-guruh o’qchisi Andrey Salkov uchinchi darajali diplomga munosib ko’rildi. Uning II bo’lim 3-guruhdagi hamkasbi Oysuluv Alimova ikkinchi darajali diplom bilan mukofotlandi. II bo’lim 4-guruh nazoratchisi  Abdusaid Turdiev tomonidan tayyorlangan g’azallar guldastasi eng yuqori bahoni qozonib, birinchi darajali diplomga loyiq deb topildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech