http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Eng munosiblar rag’batlantirildi

on .

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bo’lib o’tgan yig’ilish Bayonnomasi tavsiyasiga ko’ra, mamlakatimizdagi korxonalarga biriktirilgan mavjud kollejlardagi pedagog va o’quvchilar korxonalar tomonidan moddiy rag’batlantirilib kelinmoqda.

Bayonnoma tavsiyasi asosida, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ushbu ishlarni tartibga soluvchi Nizom ishlab chiqildi. Har yili kombinat bosh direktori buyrug’i asosida, mana to’rt yildirki, kombinatga biriktirilgan 6ta kasb-hunar kollejlarida - oxirgi semestrni a'lo baholar bilan yakunlagan, o’quv maskanida eng namunali,  ishlab chiqarish amaliyotida faol bo’lgan 10 nafar o’quvchilarning har biriga O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam ish haqining besh barobari miqdorida va ushbu kollejda fidoiy, yuqori malaka va bilimli pedagog-o’qituvchilar, kasb ta'limi ustalaridan 5 nafarining har biriga O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan  eng kam ish haqining o’n barobari miqdoridagi pul mukofotlari topshirib kelinmoqda.

Kuni-kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O’quv markazi hamda kollejlarga biriktirilgan kombinat korxonalarining rag’barlari ishtirokida Olmaliq Konchilik KHK va Olmaliq Kon-metallurgiya KHK, Namangan viloyatidagi Pop Kon-metallurgiya va servis KHK, Angrendagi Kimyo sanoati KHKlarida bo’lib o’tgan tadbirda ana shunday rag’batlantiruvchi  mukofotlar o’z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Yaqin kunlarda shunday rag’batlantiruvchi mukofotlar Jizzax viloyatidagi G’alla-orol tumani "Lalmikor" Sanoat KHK va Surxondaryodagi Denov Tog’-kon sanoati  KHKdagi eng munosib o’quvchi va ustozlarga beriladi.

"Olmaliq KMK" AJ tomonidan biriktirilgan kasb-hunar kollejlariga qaratilayotgan bu kabi e'tibor va g’amxo’rlik, shubhasiz bo’lajak mutaxassislarni yanada ilmga chanqoq bo’lishga, amaliyotda faol ishtirok etishga, ustoz va kasb ustalarini o’z ustida muntazam ishlab, doimiy izlanish va o’rganishda bo’lishga, pirovardida mamlakatimizda ta'lim va tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishish yo’lida o’ziga xos omil bo’ladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech