http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Mahallalarimiz fayzi oshsin

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktorining ko’rsatmasiga asosan, bugungi kunda kombinatning har bir kon, korxona va sexlari o’z hududlari, ularga biriktirilgan shahar ko’chalari va mahallalarida obodonlashtirish va tozalash ishlarini jadal sur'atlarda boshlab yuborishdi.

Xususan, "Sanoatsuvta'minoti" sexi mehnat jamoasi ishlab chiqarishda zimmalariga yuklatilgan vazifalarni izchil bajara borib,  20-sonli "Do’stlik" mahallasi va shahrimizning Festivalnaya ko’chasida ham tozalash ishlarini keng ko’lamda davom ettirishmoqda. Korxona o’z sa'yi-harakatlari bilan o’tgan yillar davomida "Do’stlik" mahallasidagi ko’p qavatli uylar aholisining muammosiga aylangan ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida suv tortish nasoslarini almashtirib, suvni ko’p qavatli uylarning beshinchi qavatigacha ko’tarilishiga erishgan bo’lsa, gaz ta'minotini ham har bir xonadon uchun qulay qilib o’tkazishda o’z hissasini qo’sha oldi. Ta'minotchilar o’zlariga biriktirilgan mahalla hamda ko’chalardagi mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga ham jiddiy yondoshishgan. Shu bois, bugungi kunda sex tarkibidagi 5-sonli ta'mirchilar uchastkasining katta ustasi Abubakir Eshonqulov boshchiligida 12 nafar ishchilardan iborat doimiy brigada tuzilib, uning zimmasiga zarurat va imkoniyatlarga qarab mahallaga ko’maklashish vazifasi yuklatilgan. Bundan tashqari, mazkur korxona otaliq tashkiloti sifatida joriy yilga mo’ljallangan chora-tadbirlarni ishlab chiqib, ularni bajarishga allaqachon kirishib ketdi. 13-14 fevral kunlari sex tomonidan o’tkazilgan qasharda "Do’stlik" mahallasida 1072 p/m ariq-zovurlar va 1620 m² maydon tozalanib, 35 tonna chiqindi olib chiqildi. Festivalnaya ko’chasida ham 60 m² maydon va 100 p/m ariq-zovurlar tozalandi, 3 tonna chiqindi olib chiqib ketildi. 1-, 2-, 3- va 5-uchastkalardan hasharda ishtirok etgan jami 40 nafar ishchilarga maxsus texnika, ya'ni prisepli "Boreks" ekskavatori ko’maklashdi.

Shu o’rinda bir mulohaza. Agarda qilinayotgan ishlarda mahalla ahli ham faol ishtirok etib, otaliq tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ishlarning qadriga yetib, tozalash ishlarini o’z mahalla va ko’chalarida endilikda doimiy olib borsalar, chetdan ko’rsatilayotgan beminnat yordamning qadri yanada balandroq bo’lib, fasli bahor oldidan mahallalarimiz, ko’chalarimiz fayziga fayz qo’shilib boraveradi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech