http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Bilimlarimizni mustaxkamlab borayapmiz

on .

Kollej o’quvchilarining nazariy bilimlari va ko’nikmalarini mustahkamlashlari uchun ishlab chiqarish amaliyotlarini kombinat korxonalarida o’tashayotgani diqqatga sazovor bo’layapti.

Barkamol yoshlar millatimiz kelajagidir. Muhtaram yurtboshimizning 2014 yil 6 fevraldagi "O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida bugungi kunda yoshlarga barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilib, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ish o’rinlari bilan ta'minlanmoqda. Xususan, bizning Olmaliq Konchilik kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ham "Olmaliq KMK" AJ hamda shahrimizdagi korxonalarga ishga joylashtirilmoqda.

Kollej o’quvchilarining nazariy bilimlari va ko’nikmalarini mustahkamlashlari uchun ishlab chiqarish amaliyotlarini kombinat korxonalarida o’tashayotgani diqqatga sazovor bo’layapti. Ishlab chiqarish amaliyotlariga safarbarlik, shartnomalarini tuzishda kollejning kasbiy ta'lim ishlari bo’yicha mas'ul xodimlari va ishlab chiqarish ta'limi ustalarining hissasi tahsinga loyiq.

Jumladan, Konchilik KHK 2-bosqich o’quvchilarining barchasi ayni damda ishlab chiqarish amaliyotlarini korxona va zavodlarda olib borishmoqda. Ular qatorida o’zim ham OKMK tarkibidagi Ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlari boshqarmasining 3-uchastkasida kollejda olayotgan bilim va ko’nikmalarimni mustahkamlab kelmoqdaman.

Dilshod Turdiqulov rahbarligidagi mazkur uchastka ustasi Bosid Malikov hamda texnolog Hakim Suyunovlar bizlarga kasb sir-sinoatlarini qunt bilan o’rgatib, bilimlarimizni oshirib borishda ko’makdosh bo’lishmoqda. Biz amaliyot o’tovchilar har tong korxonaga kelib, o’z ish o’rnimizga joylashar ekanmiz, har kuni yangi bir ish uslublarini o’rganib, jarayonlardan ko’nikma hosil qilishga intilayapmiz. Bu borada uchastka a'zolari Rustam Yusupov hamda Abdukarim Abdullaev kabi tajribali mutaxassislar bor tajribalarini ayamagan holda belgilangan vazifalarni o’z vaqtida o’zlashtirishimizda hammaslak bo’lib kelishmoqda. Bu insonlarni fidoyi, o’z kasbini mohir egalari ham deyish mumkin. Shu o’rinda malakali murabbiy, amaliyot rahbari, elektrpayvandlovchi Salim Qo’ldoshevning nomlarini alohida keltirib o’tish lozim. Salim Qo’ldoshev o’zining 45 yillik mehnat tajribasidan kelib chiqib, bizlarga payvandlash ishlarini sidqidildan o’rgatib borayapti.

Shuningdek, jamoaning boshqa vakillari bo’lgan Sh.Musurmonov, I.Mirzaev, F.Jo’raev, M.Gerasimov, F.Kipshakboev singari chilangar, payvandlovchilarning yordamlari ostida kasb mahoratlarimizni mustahkam oshirib borayapmiz. Ulardan nafaqat amaliyot ishlarini, balki insoniy fazilatlarni ham o’rganib kelayapmiz, desam mubolag’a bo’lmaydi. Hamjihat, hamfikir bu ishchilar bir necha yillardan buyon biz kabi yosh mutaxassislarga ustozlik qilib, ularning ishlab chiqarishda o’z o’rnilarini topib, mehnat faoliyatlarini davom ettirishlarida yo’lchi yulduz bo’lib kelishmoqda.

O’tgan bir oy mobaynida biz amaliyotchilar kasbga oid zaruriy bilimlarni o’zlashtirish bilan bir qatorda ishlab chiqarishdagi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini ham o’rganib borib, mehnat intizomi va samaradorligiga doir ko’nikmalarni ham sinovdan o’tkazdik. Bu yo’lda bizlarga yo’lboshchilik qilgan jamiki yuqoridagi kasb egalariga minnatdorchilik bildiramiz va  bunday imkoniyatlarga javoban biz o’quvchilar kelajakda o’z sohamizning mukammal ustasi bo’lib, O’zbekiston sanoati rivojiga munosib hissa qo’shishga harakat qilamiz.

Saydulla Asqarov, 

Olmaliq Konchilik KHK o’quvchisi

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech