http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

"Super-kelinchak"

on .

Qadimdan sharqda kelin bo’lish mahorati alohida e'tiborga olinib, yaxshi kelinlar nomi mahallaga yoyilgan, ularni barchaga namuna qilib ko’rsatishgan. Ayniqsa, kelinchaklarning oyoq-qo’li chaqqon, zaboni shirin, ham pazanda, ham orasta, ham hayo va iboga to’la bo’lishi talab etilgan.

"Olmaliq KMK" AJ tasarrufidagi Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi kuni-kecha "Metallurg" MS da "Sog’lom ona va bola" yili davlat dasturini amalga oshirish doirasida boshqarma mutaxassislariaro "Super-kelinchak" ko’rik-tanlovini o’tkazdi. 18 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan xodimalarga ijodiy iqtidorini, ziyraklik va topqirligini namoyish etish, shu bilan birga bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlariga imkon yaratdi. Tanlovda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan 6 nafar qizlar bellashishdi.

Zarnigor Niyazalieva(18-sonli MTM), Maftuna Tadjibaeva(22-sonli MTM), Shodiya Nurpo’latova (34-sonli MTM) va Dilfuza Holiqova (35-sonli MTM), Sitora Murodova (28-chi MTM)  hamda Zahro Ziyoviddinova (9-sonli MTM)lar dastlab o’zlarining ish joylari xaqida teatrlashtirilgan tarzda ma'lumot berishdi. Ko’rik-tanlov Nizomiga asosan har bir ishtirokchiga bu sinovda mehnat jamoasi hamda yaqinlarining ko’magiga ruxsat berilgan bo’lib, qizlar bu imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilishdi. Bellashuvning ikkinchi shartida kelinlar ko’rkiga ko’rk, savlatiga savlat qo’shib turuvchi milliy an'anamiz va qadriyatimizning bir nishonasi bo’lmish ro’molni betakror va go’zal tarzda o’rash topshirilgan bo’lib, barcha ishtirokchilar bu sinovdan ham munosib o’tishdi. Odatdagidek, "Uy vazifasi" nomli so’nggi shartga vaqt yetganida qizlar "Sog’lom ona va bola" yili munosabati bilan shu mavzudagi sahna ko’rinishlarini namoyish etishdi. Ushbu shartda ham ishtirokchilarning jamoadoshlari va yaqinlari o’z yordamini ayamasdan, qizlarning chiqishlarini yanada boyitib borishdi.

Uchta shart natijasiga asosan tanlov qatnashchilari to’plagan ballar quyidagicha ko’rinish oldi: 3-o’rinni 34-bog’cha tarbiyachisi Shodiya Nurpo’latova egalladi. 2-o’ringa 35-bog’chaning bog’bon qizi Dilfuza Holiqova loyiq deb topildi  va nihoyat Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasining "Super kelinchak" unvoniga 22-sonli bog’cha tarbiyachisi Maftuna Tojiboeva sazovor bo’ldi. Mazkur tadbirning o’tkazilishi yosh avlodda qadriyatlarni ulug’lash hissini oshirib, ularni ma'naviy-ahloqiy ruhda tarbiyalashga, ayolning jamiyatdagi o’rni va oilaning muqaddasligini anglashlariga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech