http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

O’smirlarimizda kumush va bronza medallar

on .

Erkin kurash bo’yicha o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati bahslariga 6-8 mart kunlari shahrimiz mezbonlik qildi.

"Olmaliq KMK" AJning yangi sport majmuasida bo’lib o’tgan birinchilikda respublikamizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidan tashrif buyurgan 263 nafar iqtidorli o’smirlar 11 ta vazn toifasida g’oliblik uchun tatamiga chiqishdi. Poytaxt viloyati terma jamoasi safidan o’rin olgan "Metallurg" sport klubining sakkiz nafar tarbiyalanuvchilari ham birinchilikda munosib ishtirok etishdi. Tajribali murabbiy Rafail Balboevning eng iqtidorli shogirdi Habib Gaziev 85 kg.gacha bo’lgan polvonlar bahsida chempionatning kumush medaliga sazovor bo’ldi. Yana bir hamshahrimiz Behzodjon Nabiev 54 kg. vazn toifasida chempionatning bronza medalini qo’lga kiritdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech