Tadbirlar

Sharafli mehnat yo’li ostonasida

on .

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar o’rta-maxsus ta'limga nisbatan yondashuvni tubdan o’zgartirdi.

Tizimdagi qator islohotlar ta'lim va ishlab chiqarish o’rtasida mustahkam hamkorlikning o’rnatilishi, jadal rivojlanayotgan mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo’lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi tomonidan ijtimoiy mehnat sohasini rivojlantirish, aholining real daromadlari oshishini ta'minlash, mehnat bozoridagi vaziyatni yaxshilash, unumli bandlik sohalarini kengaytirish, aholini ijtimoiy himoyalash tizimini qat'iy ta'minlash, mehnat muhofazasi va xavfsizligi darajasini oshirish borasida qabul qilinayotgan aniq chora-tadbirlar ijrosi bugungi kunda keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Shunga bog’liq ravishda munosib mehnat bo’yicha dastur Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan O’zbekiston Respublikasidagi uch tomonlama hamkorlari o’rtasida 2014-2016 yillarga mo’ljallangan natijadorligining aniq ustuvorliklari, maqsadlari, vazifalari va indikatorlarini aniqlab berdi va shu dastur asosida birgalikdagi chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi.

Kuni-kecha Olmaliq shahar Konchilik kasb-hunar kollejida bitiruvchilar va "Olmaliq KMK" AJ Kasaba uyushmasi Kengashi a'zolari bilan hamkorlikda bo’lib o’tgan tadbir ana shu dastur va unda belgilangan chora-tadbirlarga bag’ishlandi. Yig’ilishda kengash vakillari talabalar bilan fikr almashgan holda kasaba uyushmalarini  mehnat  manfaatlariga doir amalga oshirib kelayotgan faoliyati, kollej bitiruvchilari uchun o’rnatilgan imtiyoz va kafolatlar, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga doir ko’rsatkichlari to’g’risida ma'ruza qilishib, ma'lumotlar berib o’tishdi va bitiruvchi-talabalar mehnat qonunchiligiga doir savollarga batafsil javob oldilar.

Shu o’rinda aytib o’tish joizki, bugungi kunda davlatimiz tomonidan o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini tamomlagan bitiruvchi yoshlarga keng imkoniyatlar  yaratilgan. Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy yo’nalishdagi Dasturlar qabul qilinib, ularning barchasida yosh avlodni qo’llab-quvvatlash, ish bilan ta'minlash, kam ta'minlangan oila vakillariga foizsiz ssudalar berish, o’quv kontrakt pullarini to’lab berish kabi moddalari kiritilgan. Yoshlar mehnatiga doir barcha huquqiy normativ bazalar mavjud bo’lib, voyaga yetayotgan har bir yigit-qiz muayyan kasb-hunarga ega bo’lishiga erishish, mehnat bozori talabi asosida eng munosib mutaxassislar tayyorlash kasaba uyushmalarining asosiy vazifasi bo’lib kelmoqda. Yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish ko’p jihatdan respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari bilan belgilanadi. Shuni hisobga olib, yurtimizda kasb-hunar kollejlarida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida real talab qilinayotgan yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlashga hamda ularni ish bilan ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilgan.

Xususan, shahrimizda ham 2015-2016 o’quv yili kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining "Olmaliq KMK" AJ korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va bandligini ta'minlash maqsadida joriy yilning birinchi choragida bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va ularni keyinchalik mazkur korxonalarga ishga joylashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

"Olmaliq KMK" AJga biriktirilgan respublikamizdagi mavjud oltita kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining o’quv amaliyotlarini tashkil qilish bo’yicha  samarali ishlar olib borilmoqda.

Belgilangan tadbir rejasiga muvofiq,  kollejlar o’quv ustaxonalari va laboratoriyalari o’quv bazasini mustahkamlash ishlari kombinat korxonalari tomonidan to’liq bajarildi. O’tgan 2015 yilda KHKlarining 1746 nafar ikkinchi bosqich talabalari kombinat korxonalarida o’quv amaliyotini o’tashdi. Bitiruvchi kurs talabalari hisoblangan 1502 nafar yoshlar diplom ishi oldi amaliyotini "Olmaliq KMK" AJ korxona va sexlarida muvaffaqiyatli amalga oshirdilar.

Albatta, yangi ish o’rinlarini tashkil etish va yoshlarning  bandligini ta'minlash kombinat rahbariyati va Kasaba uyushmasi Kengashining 2016 yil va undan keyingi yillarga mo’ljallangan maqsadli vazifalarni hal qilish borasidagi eng muhim ustuvor yo’nalishidan biri bo’lib qoladi.

Axborot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech