http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Sarvar rux zavodining tengsiz elektromontyori

on .

Zavodning "Eng yaxshi elektromontyori" kasb tanlovi ikki bosqichda olib borilib, unda 30 yoshgacha bo’lgan sakkiz nafar ishchilar ishtirok etishdi.

 

Barcha elektr uskunalarining ishlash me'yorlarini doimiy kuzatish, uskunalarni davriy ravishda tekshirib borish, elektr qurilmalari va uskunalarida reja bo’yicha ko’zda tutilmagan, hajmi uncha katta bo’lmagan ishlarni amalga oshirish, operativ qayta o’chirib-yoqishlarni amalga oshirish, ta'mir brigadalari uchun ish joyi va chizmalarni tayyorlash, ularning ishini kuzatib borish va barcha ishlar yakunlanganidan keyin chizmalarni qayta tiklash elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko’rsatishni o’zida mujassam etadi.

Yuqoridagi va boshqa vazifalarni talabga mos holda hamda iste'molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatasiyasi qoidalari va iste'molchilar elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida amalga oshirish bo’yicha bir qator nazariy va amaliy ko’nikmalarga Rux zavodining yosh elektromontyorlari kuni-kecha o’tkazilgan kasb tanlovida javob berib o’tishdi. Zavodning "Eng yaxshi elektromontyori" kasb tanlovi ikki bosqichda olib borilib, unda 30 yoshgacha bo’lgan sakkiz nafar ishchilar ishtirok etishdi. Kasb tanlovida korxonaning barcha sex va uchastkalarida mehnat qilib kelayotgan elektromontyorlar bor bilim va ko’nikmalarini ishga solgan holda g’oliblik uchun keskin kurash olib bordi. Energetika sexi elektromontyori Sarvar Toirov iqtidori va yuqori bilimlari evaziga tanlov g’olibi sifatida e'tirof etildi. Uning Tanlab eritish sexidagi hamkasbi Muhammad Bo’riev ikkinchi, Elektrolit sexi elektromontyori Elmurod Sultonqulov uchinchi o’rin sohibiga aylanishdi. Tanlov g’olib va sovrindorlari zavod kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech