http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

"Olmaliq" sardori 2015 yilning eng yaxshi futzalchisi

on .

Ma'lumki, mamlakatimiz poytaxti Toshkentda bo’lib o’tgan futzal bo’yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz munosib ishtirok etib, ikkinchi o’rinni egallab, Kolumbiyada o’tkaziladigan Jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritishgan edi.

Terma jamoamiz yutug’iga munosib ulush qo’shgan "Olmaliq" futzal jamoasi a'zolari  11 mart kuni o’tkazilgan "Olmaliq"-"Nasaf" uchrashuvi oldidan kombinat rahbariyatining sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Jurnalistlar va futbol murabbiylari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomaga asosan, "Olmaliq" jamoasi sardori Konstantin Sviridov 2015 yilning eng yaxshi futzalchisi deb topildi.

Terma jamoamizga futzal mundialida omadlar tilab qolamiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech