http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ushbu kun navro'z tarovati ko'ngillarga ko'chdi

on .

Munavvar tonglar, nurafshon kunlar, osuda tunlar og’ushidagi yurtimizda yana bahor, yana ko'klam o’z chiroyini ko’z-ko’z qilmoqda.

Fasllar kelinchagi bahorning eng tarovatli shodiyonasi shaksiz Navro’zi olamdir. Yurtimizdagi tinchlik va taraqqiyotimizning hayotbaxsh samaralari yil sayin chiroy ochib, yangilanib borayotgani shahar va qishloqlarimiz qiyofasida o’z aksini topayapti.

"Islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun" degan ezgu tamoyil asosida izchil islohotlar amalga oshirildi. El-u yurtning farovonligi, to’y-u shodiyonasi aynan ana shu tinchligimiz ortidan emas-mi? Zero, islohotlar jamiyatda inson manfaatlari ustuvorligining yorqin ifodasi bo’lib, xalqimizning turmush darajasi va farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

20 mart kuni shahrimizda keng nishonlangan Navro’z shodiyonasi yuqoridagi fikrlarning yorqin isboti bo’ldi. Shahrimiz ko’cha va xiyobonlari bayramona bezatilgan, tabiatning bahoriy chiroyi insonlar chehralariga ham ko’chgandek go’yo. Elimizning eng qadim va navqiron ayyomiga har kim o’z tuhfasi bilan tashrif buyurgan. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini namoyon etuvchi shahrimiz, xususan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxona va sexlari tomonidan tayyorlangan stendlar, bilim maskanlari o’quvchilarining ijodiy ishlari, obod mahallalarimiz ahlining ko’klam ne'matlari bilan to’la fayzli dasturxonlari, qo’yingki, har bir ko’rgazma va davradan istalgancha mazmun-mohiyat topish mumkin. Inson shuurida xuddi ona-tabiatdagi kabi cheksizlik va bitmas-tuganmaslik bor, unga dohiyona nigoh bilan qarash zarur. Ushbu kun shahrimiz madaniyat maskanlari va "Metallurg" MS ijodiy jamoalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturlaridan o’rin olgan kuy-qo’shiqlarda ona-Vatanga, tabiatga bo’lgan cheksiz muhabbat va ular o’rtasidagi uyg’unlik tarannum etildi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist G'iyos Boytoev tomonidan kuylangan "Ko’klamoyim" qo’shig’i bahor madhiyasi sifatida yangradi.

Barkamol avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab, ulg’aytirishga intilish bizning milliy xususiyatimizga xosdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini ko’rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi. Bu oliyjanob xislat esa ayyomning sport musobaqalari, xalq o’yinlari o’tkazilgan maydonlarida yuz ko’rsatdi. Shoir aytganidek:

Maydon uzra davra qurar o’zbek kurashsa,

Tog’larni yelkada surar o’zbek kurashsa.

O’zbegimning kurashi ham o’zidek halol,

Dast ko’tarib yerga urar o’zbek kurashsa.

Boks, buxorocha kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi kabi musobaqalarda g’oliblik uchun bahslar qizg’in kurashlar ostida kechdi. Navro’z sayli mehmonlari, yuzlari nurli, duolari durli pir-u-badavlat otaxon-u onaxonlarimiz, yurtimiz buyuk ertasi yo’lida mehnat qilayotgan serg’ayrat hamshaharlarimiz, ishonchimiz va suyanchimiz bo’lgan yoshlar, umid bog’imizning mevalari farzandlarimiz bayram kuni ko’tarinki ruhda Navro’zni nishonlashdi. Ushbu shodiyona, shahrimizdagi sayl xalqimiz tinchlik, farovonlik, osudalikdek ulug’ baxtga munosib ekanligini yana bir bor isbotladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech