http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Sog’lom oila

on .

Kasaba uyushmalari tomonidan mehnat jamoalari xodimlari gimnastikasi yo’lga qo’yilib, oilaviy sport musobaqalarini o’tkazish an'anaga aylangan.

Mehnatkashlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, ishchi-xizmatchilar va ularning oila a'zolarini sportga jalb etish, bu orqali xodimlar salomatligini mustahkamlash va sog’lom turmush tarzi barqarorligini ta'minlash masalalari bugun O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining ustuvor vazifalari qatoridan o’rin olgan.

Joriy yilda "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida respublikamizda "Sog’lom oila" musobaqalari o’tkazilib, unda jami 763 ta korxona, tashkilot va muassasalardan 100 ming 329 ta oilaviy jamoalar ishtirok etishdi.

Ushbu respublika oilaviy sport musobaqalarining final bosqichi 24 mart kuni Andijon, Navoiy, Samarqand va Olmaliqda ham bo’lib o’tdi. Bahslarning quyi bosqichlarida eng yaxshi deb topilgan 84 nafar oilaviy jamoalar qatnashib, sportning 8 turi bo’yicha o’zaro bellashdilar. Olmaliqda o’tkazilgan final bosqichida ishtirok etgan jami 10 ta oilaviy jamoalar Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri, shuningdek OKMK sha'ni uchun bahslashishdi. Shu jumladan, OKMK sha'nini 2 ta oilaviy jamoalar - MTMZdan Dilmurod Masidiqov hamda IMIChB ishchisi Shavkat Po’latov oilalari himoya qilishdi. Musobaqaning 1-sharti oilalar yugurish estafetasi bo’yicha o’tkazilib, unda ishtirokchilar uzunligi 10 metr bo’lgan yo’lakda joylashtirilgan gimnastika to’shagida 2 marotaba dumbaloq oshgan holda masofa oxirida tennis to’pini nishonga otishi va qaytib estafetani keyingi oila a'zosiga topshirishi lozim bo’ldi. Estafetani qisqa vaqtda faol bajargan jamoa qolib deb topildi. 2-shartda oilalar chaqqonlik va merganlikda kuch sinashishdi. Jamoa a'zolari qop ichiga tushib, marragacha sakrab borish, so’ng qopdan chiqib basketbol to’pini olib, bayroqcha to’siqlardan o’tgan holda belgilangan marrada to’pni savatga tushirish bahslarida o’z g’ayratlarini ko’rsatishdi. 3-shart "Mohir hujumchi" deb ataldi va unda jamoalar 7 metrlik masofadan turib futbol to’pini darvozaga 3 marotaba yo’llashlariga imkon berildi. 4-shart "Qaddimizni rostlaymiz va sakrashni boshlaymiz" nomi ostida olib borilib, unda har bir qatnashchining 1 daqiqa ichida ko’proq xalqa aylantirishi va arqonda sakrashi imtihon qilindi. Navbatdagi "Tezlik estafetasi"da ishtirokchilar tayoqcha bilan yugurishda belashishgan bo’lishsa, "Epchillik estafetasi"da uddaburonliklarini sinovdan o’tkazishdi. Arqon tortish, xalqa aylantirish bahslari ham hayajonli daqiqalarga boy bo’ldi.

"Sog’lom oila" musobaqalarining yakunida qolib oilaviy jamolar e'lon qilindi va 3-o’rinni Toshkent viloyati, 2-o’rinni Jizzax viloyati va 1-o’rinni Toshkent shahri jamoalari egallashdi. g’oliblar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashining sovg’alari bilan taqdirlanishdi. OKMK sha'nini himoya qilgan Masidiqov va Po’latovlar oilasi "Eng ahil oila" va "Eng faol oila" nominasiyalari sovrinlari bilan rahbatlantirildi. Shuningdek, musobaqa tashkiliy ishlaridagi faol ishtiroklari uchun "Metallurg" SKning yengil atletika murabbiylari Kamil Haydarov va Evgeniya Ozodinalar ham esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bu musobaqalar ota-onalar va farzandlar o’ratasida o’zaro hamjihatlik, ahillik rishtalarini mustahkamlash barobarida sog’lom turmush tarziga bo’lgan munosabatni  shakllantirishiga ham zamin bo’la olishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, oilaviy jamoalar turli soha xodimlarini birlashtirib, ularning o’zaro do’stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda ham muhim o’rin tutadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech