http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Asosiy vazifa - qonun ustuvorligi

on .

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bosh homusimiz Konstitusiyamiz qabul hilinganligining 23 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali marosimda so’zlagan ma'ruzasida  "Asosiy vazifamiz - jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizasiya qilish jarayonlarini  yangi bosqichga ko’tarishdan iborat" degan edi.

Yurtboshimiz ma'ruzasidan kelib chiqadigan eng dolzarb va ustuvor vazifalarni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar Dasturi ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Viloyatimizning shahar va tumanlarida keng jamoatchilik bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari o’tkazib kelinmoqda.

Olmaliq shahridagi Sanoat KHKda o’quvchi-yoshlar, kasb-hunar ta'limi va umumta'lim maktabi direktorlari, "Kamolot" YoIH Olmaliq shahar bo’limi mutasaddilari ishtirokida "Voyaga yetmaganlar va xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish hamda erta turmushning oldini olishga oid qonun hujjatlarini keng jamoatchilikka targ’ib qilish" mavzuida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta'minlash, ularning nazoratsiz,  qarovsiz qolishi, tartibbuzarlik va huquqbuzarligining oldini olish, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, erta turmush va uning  salbiy oqibatlari haqida soha mutaxassislarining fikrlari tinglandi.

Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilinishini ta'minlash, qizlarning erta nikohini oldini olish borasida tegishli tadbirlar belgilandi. Tadbirda ko’rilgan barcha masalalar bo’yicha tegishli fikr-mulohazalar bildirilib, salbiy oqibatlarni bartaraf etish mexanizmlarini amalga oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Shu kuni "Metallurg" MSda huquq-tartibot idoralari xodimlari, shahar hokimligining mas'ul vakillari, mahalla raislari, faollari, ta'lim maskani rahbarlari, sog’liqni saqlash bo’limi mutasaddilari ishtirokida "Odam savdosiga va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlarini keng jamoatchilikka  targ’ib qilish" borasida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbati davomida noqonuniy mehnat migrasiyasining oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosi jabrdiydalariga moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashga oid qonun hujjatlari va uni buzganlik uchun javobgarlik hamda uni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini targ’ib qilish masalalari muhokama qilindi. Bu borada davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa mutasaddi idoralarning o’zaro hamkorlik va axborot almashuvi jarayonini yanada takomillashtirish lozimligi ta'kidlandi.

2015 yilda viloyat prokuraturasi odam savdosiga qarshi kurash bo’yicha boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hammaslaklikda, Odam savdosiga qarshi kurash komissiyasi bilan hamkorlikda 1335ta targ’ibot tadbirlarini o’tkazdi. Buning natijasida ushbu turdagi jinoyatlar viloyat bo’yicha 2014 yilga nisbatan 52 foizga kamaygan.

Shu kuni bo’lib o’tgan davra suhbatida  odam savdosi va korrupsiyaga qarshi kurash yo’nalishida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini yanada kuchaytirishda jamoatchilik imkoniyatlaridan keng foydalanish borasida yig’ilganlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Yig’ilish ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirigan savollarga tegishli javoblar olishdi.

D.Z.ISMOILOV,

Toshkent viloyati prokurorining katta yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech