http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Shodiyaning medallar shodasi

on .

Sportning sharqona yakka kurash turlari bilan Shodiya Ergasheva bir necha yildan beri tajribali murabbiy, MTMZ ishchisi Azizxo’ja Qosimov qo’l ostida shug’ullanib keladi.

Bu iqtidorli qizning jahon birinchiligi, xalqaro turnirlar va mamlakatimiz miqyosidagi musobaqalarda qo’lga kiritgan medallari soni 40 tadan oshgan. 28 mart kuni Termiz shahar ochiq birinchiligida Shodiya bilan birga 4 nafar hamshahrimiz ishtirok etishdi. Shahrimiz karate ustalari 2 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qo’lga kiritishdi. Shahrimizdagi qurilish va kommunal xizmat kollejini yakuniy bosqich talabasi bo’lgan Shodiya Ergasheva Surxondaryodan shahrimizga oltin medalni qo’lga kiritgan holda qaytdi. Bu yosh sportchimizga kelgusida bundanda yuksak zafarlar yor bo’lishini tilab qolamiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech