http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Rustam O’zbekiston chempioni

on .

Poytaxtimizda erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo’yicha yoshlar o’rtasida O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi.

Yunon-rum kurashi bellashuvlarida Temurmirzo Mamajonov, Sirojiddin Esonov, Abdurazzoq Razzoqov, Behzod Tohirov, Jalgasboy Berdimuratov, Shahboz Tursunov, Davronbek Zarifov va Abbos Ibragimovlar oltin medal bilan taqdirlandi.

Erkin kurash bo’yicha Temur Abdusattorov, Ramazon Ibodov, Jahongirmirzo Turopov, Ibrohim Mansurov, Oybek Maxsetboev, Umid Hamroqulov, Temur Usmanoxunov hamda Sohibjon Zuhriddinov mamlakat chempioni bo’ldi.

"Metallurg" SK murabbiyi Rafail Balboevning to’rt nafar tarbiyalanuvchilari mazkur birinchilikda qatnashib, tahsinga sazovor natijalarni qo’lga kiritishdi. 120 kg.gacha bo’lgan polvonlar bahsida tatamiga chiqqan Rustam Jalolov barcha raqiblarining kuragini yerga tekkizgan holda shohsupaning eng yuqori pog’onasidan joy oldi. O’n yildan beri erkin kurash sirlarini  o’rganib kelayotgan Rustam Toshkent shahridagi Neft va gaz sanoati akademik liseyi bitiruvchisi. Chempionatning yarim finalida Qoraqalpog’iston Respublikasi vakili Ismoil Xdiriddinov bilan kechgan bahs nihoyatda qiyin kechdi. Ochkolar hisobiga hamshahrimiz final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Final bellashuvida Rustam navoiylik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Qizlar o’rtasida kechgan bahslarda 67 kg. vazn toifasida shahrimiz sharafini himoya qilgan Sevinch Abdumajidova va 72 kg. vaznda qatnashgan Hulkaroy Usmanovalar chempionatning bronza medaliga sazovor bo’lishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech