http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Targ’ibot tadbirlari davom etmoqda

on .

Shahrimizdagi 5-umumta'lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan  madaniyat va san'at namoyondalari tomonidan tashkillashtirilgan targ’ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Bugungi kunda shahrimiz umumta'lim maskanlarida o’quvchi yoshlar va targ’ibot guruhlari ishtirokida o’tkazib kelinayotgan targ’ibot tadbirlari talaba o’g’il-qizlarning umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini mafkuraviy, ma'naviy va axborot taqdidlaridan ishonchli himoya qilish hamda ularda g’oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Kuni-kecha shahrimizdagi 5-umumta'lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan  madaniyat va san'at namoyondalari tomonidan tashkillashtirilgan targ’ibot tadbiri ham "Kim edigu kim bo’ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?" mavzuida o’tkazilib, unda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Dilshod Rajab, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan aktrisa Mahsuda Otajonova va estrada xonandasi Umida Mirhamidovalar o’z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda yurtimizda mustaqillikgacha bo’lgan davr hamda istiqlol yillarida amalga oshirilgan islohotlar, bunyodkorlik amallari, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash borasida olib borilayotgan ishlar, qurolli kuchlar tizimidagi islohotlar, milliy armiyamizning salohiyati aks ettirilgan, shuningdek, bugungi kunda dunyoning turli davlatlarida yuz berayotgan notinchliklar, diniy ekstremistik xunrezliklar, ularning ortida turgan kuchlar va ularning g’arazli maqsadlarini ochib berishga qaratilgan videorolik namoyish etilib, targ’ibot guruhlari vakillari tomonidan milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz, ularning jamiyatda va har birimizning hayotimizda tutgan o’rni, turli diniy-ekstremistik oqimlarga ko’r-ko’rona kirib ketishning salbiy va ayanchli oqibatlari, farzandlarning o’z ota-onalari va Vatani oldidagi burchlari, kasb va hunarga ega bo’lishning ahamiyati to’g’risida, vatanparvarlik, mehr-oqibat, yurtga sadoqat kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi. Shuningdek, yig’ilish qatnashchilari hukmiga havola etilgan taniqli shoirimiz Dishod Rajabning ijod mahsullari hamda teatr aktrisasi Mahsuda Otajonova ijrosidagi spektakldan parcha va estrada xonandasi Umida Mirhamidovaning konsert dasturi barchaga birdek manzur bo’ldi. Tadbir mehmonlari o’quvchilarning kechadan olgan taassurotlari va kelgusi rejalari haqida o’zaro fikr almashib, takliflari bilan o’rtoqlashishdi.

Yuqoridagi kabi tadbirlarning ta'lim maskanlarida muntazam tashkillashtirilib borilishi o’quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini yanada kuchaytirishga, ularda vatanparvarlik, shukronalik hissini kamol toptirishga, kelajakka bo’lgan mustahkam ishonchini orttirishga hamda yoshlarni salbiy oqim va yot g’oyalar, zararli illatlar ta'siridan ishonchli asrash va himoyalashga zamin yaratishi shubhasiz.

Axborot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech