http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Navro’z shukuhi

on .

Yangilanish va  yosharish  fasli  bo’lgan bahorning  tashrifi  bilan  borliq o’zgacha chiroyga burkandi. Ayniqsa, Namangan viloyatining Chodak qishlog’i yashillik olamiga chulg’anib, yanada go’zallashgan.

Har qancha ta'rifu tahsinga arzigulik bu ajib damlarda qishloq ahli va u erda mehnat qilayotgan konchi-metallurglar bahor va mavsum shodiyonalarini har yili o’zgacha fayz va ko’tarinkilik bilan qarshi olishadi. Kuni-kecha "Olmaliq KMK" AJ Rangli metallar geologiyasi ilmiy ishlab chiqarish markazi Chodak geologiya-qidiruv partiyasi geologlari tomonidan an'anaviy mavsumiy dala ishlari boshlanishi munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbiri ham shodu xurramlikda kutib olindi. Partiya hovlisida ertalabdanoq yangragan kuy-navolar mehnat ahlini mavsum tantanasiga chorladi. Qadimiy urf-odat va an'analarga muvofiq nuroniy otaxonlar, mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni bezatilib, qariyalar duoga qo’l ochdilar. Bayram tadbirini ochar ekan, RMGIIChM direktori o’rinbosari Abduraqibjon Egamberdiev, barchani qadimiy va sevimli - mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi bilan samimiy qutlab, yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishi oldidan sharqona yangi yilni barakali kelishini, yurtimizda tinchlik, barqarorlik mustahkam bo’lishini tiladi. Shuningdek, Chodak geologiya-qidiruv partiyasining tashkil topishi va bugunga qadar mehnat ahli tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida ham to’xtalib, jamoada uzoq yillar mehnat qilib, uning ravnaq topishida o’zlarining beminnat ulushini qo’shgan ishchi-xizmatchilar, nafaqadagi faxriylarga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Ishlab chiqarish va jamoat ishlarida faol bo’lgan bir guruh ishchi-xodimlarga "Faxriy yorliq"lar topshirildi. Markazning yetakchi muhandisi Ilhomjon Xolbojonov hamda kasaba uyushma qo’mitasi raisasi Zamira Ikromovalar ham barchani mavsum ayyomi bilan muborakbod etgan holda kelgusi bayramlarga sog’-omonlikda yetishlari, oilalariga tinchlik-xotirjamlik, zahmatli mehnatlariga g’ayrat va shijoat tiladi. Shundan so’ng, tadbir qatnashchilarini qutlash uchun tashrif buyurgan "Metallurg" MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturidagi milliy kuy va qo’shiqlar katta-yu kichikni raqsga chorlab, go’zallikka mudom oshufta ko’ngillarga huzur bag’ishladi. Partiya kasaba qo’mitasi tashkilotchiligi ostida o’tkazilgan sport musobaqalari, tosh ko’tarish, arqon tortish, armrestring bahslarida nuroniy otaxonlardan tortib jamoa yoshlarigacha qizg’in bellashdilar.

Tadbir davomida o’tkazilgan lotoreya o’yinlarida aniqlangan yutuq egalari, musobaqalar g’oliblari kombinat Kasaba uyushmalari Kengashi hamda Chodak geologiya qidiruv partiyasining qimmatbaho sovg’alariga ega bo’lishdi. Shuningdek, jamoada uzoq yillar samarali mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan bir guruh mehnat qahramonlariga Kengashning bayram tuhfalari hadya etildi. 

Ushbu kun mehnatlari yana bir bor qadrlanib, ko’rsatilgan hurmat, izzatu ikromlardan qalblari quvonchga to’lgan faxriy-nuroniylar qo’llarini duoga ochishib, mana shunday dorilomon kunlar asoschisi bo’lgan yurtboshimizga, shuningdek, kombinat rahbariyati, Kasaba uyushmasi kengashi va  qo’mitasiga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech