Tadbirlar

"Metallurg" yarim finalda

on .

Futbol bo’yicha Toshkent viloyati kubogi bahslarida ishtirok etayotgan Olmaliqning "Metallurg" jamoasi chorak finalning dastlabki uchrashuvida To’y-tepa metall qurilmalari zavodi jamoasini 8:2 hisobida mag’lubiyatga uchratgani haqida avval ham ma'lumot bergan edik.

Ushbu jamoalarning To’y-tepada o’tkazilgan javob uchrashuvida hamshaharlarimiz 3:0 hisobida mag’lubiyatga uchragan bo’lishsa-da, kiritilgan to’plar nisbati bo’yicha yarim final yo’llanmasini qo’lga kiritishdi. Dilshod Rahmatullaev shogirdlariga yarim finalda Bekobodning "Sementchi" jamoasi raqib bo’ladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech