http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

El-yurtga xizmat qilish - oliy saodat

on .

Sir emaski, istiqlolning har bir yili yurtimiz hayotida o’ziga xos iz qoldirmoqda. Bu davrda erishilgan asrlarga tatigulik muvaffaqiyatlarimiz tarix sahifalaridan joy olmoqda. Shubhasizki, bunday zalvorli amallar yurtboshimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning mevasidir.

Ayniqsa, mamlakatimiz rahbarining asarlari xalqimizni ruhlantirib, ezgu ishlarga boshlamoqda, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Kuni-kecha "Metallurg" madaniyat saroyida bo’lib o’tgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir prezidentimiz Islom Karimovning "Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir" nomli asariga bag’ishlandi. Kombinat ishchi-xodimlari ishtirokida o’tkazilgan ushbu ma'rifiy kechada so’zga chiqqan Navoiy Davlat konchilik instituti OKMK metallurgiya fakulteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Mambet Boyjumanov hamda kombinat Kasaba uyushmasi Kengashi kutubxonasi xodimasi Muhayyoxon Ortiqovalar ushbu asarda mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o’tgan murakkab, ayni vaqtda sharafli tarixiy yo’li o’z ifodasini topgani, bugungi kunda hayotning o’zi oldimizga qo’yayotgan eng dolzarb va o’tkir savollarga chuqur va haqqoniy javob berganini alohida ta'kidladilar.

Shuningdek, kitobda davlatimiz va jamiyatimizning yaqin va uzoq istiqbolga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi aniq-ravshan belgilab berilganini, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, madaniyat va san'at, sport kabi ijtimoiy sohalarni barqaror rivojlantirish, yurtimizdagi har bir hudud va mintaqa taraqqiyotini yangi bosqichga ko’tarishga doir yangi reja va ustuvor loyihalar, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan keskinlik va qarama-qarshiliklar, turli tahdidlarning oldini olish, O’zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasi to’g’risidagi qarashlar har tomonlama puxta asoslangan holda bayon qilinganini qayd etib, o’rtaga qo’yilgan g’oyat muhim va dolzarb masalalarning mohiyati xususida atroflicha fikr bildirdilar.

Tadbirda xalqimizning tafakkur xazinasini boyitishga ulkan hissa bo’lib qo’shilgan bu kitob mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlarini izchil davom ettirish, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish borasida oldimizda turgan vazifalarni aniq-ravshan belgilab berishi bilan barchamiz uchun dasturilamal bo’lib xizmat qilishi alohida ta'kidlandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech