http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Sog’lom ona va bola

on .

Sog’lom bola baxtiyor oilaning mevasi bo’lib, faqatgina sog’lom onadan sog’lom bola tug’iladi.

Kuni-kecha "Olmaliq KMK" AJ Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati ishchi-xizmatchilari hamda korxona shifokori ishtirokida o’tkazilgan tadbir ham aynan ana shu mavzuga bag’ishlanib, unda asrlar davomida o’z tasdig’ini topib kelgan  muhim hayotiy qadriyatni jamiyatimizda yanada chuqur qaror toptirish, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash borasida nimalarga e'tibor berish kerakligi, oilada erkakning o’rni, farzandlar tarbiyasi, inson organizmidagi bezlarning foyda va zararlari haqida fikr-mulohazalar tinglandi.

Tadbirda so’zga chiqqan IHQ xizmati sex shifokori Abduhakim Mavlyanov yurtboshimiz tomonidan 2016 yilni mamlakatimizda "Sog’lom ona va bola yili" deb e'lon qilinishi barcha yurtdoshlarimiz qatori tibbiyot xodimlarini ham quvontirganligi va sog’lom bolani voyaga yetkazishda ushbu kasb egalarining oldida ulkan mas'uliyat turganligini alohida qayd etib, respublikamiz mustaqillika erishganidan so’ng sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, birinchi navbatda, oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalasi eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanganligini, bu borada bugungi kunda aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi. Shuningdek, oilalar mustahkam bo’lsa, unda hamjihatlik, tinch-totuvlik hukmron bo’lsa, jamiyat taraqqiy etishi, oila mustahkamligi esa o’z navbatida nikohning qonuniyligi, ota-onaning mas'uliyati, qolaversa farzandlarning har jihatdan sog’lom va barkamol insonlar etib tarbiyalanishiga, ayniqsa, onaning salomatligiga bog’liqligi, buning uchun hukumatimiz tomonidan barcha huquqiy asoslar yaratilgani va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori, Prezidentimizning "Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarorlarining qabul qilinishi ana shu ezgu maqsadga erishishda dasturilamal bo’layotganligini misollar bilan keltirib o’tdi. Tadbir davomida barkamol avlodni tarbiyalash, uning ta'lim-tarbiyasida nafaqat onaning, balki otaning ham o’rni alohida ahamiyat kasb etishi, farzand salomatligi haqida qayg’urish, ularga g’amxo’rlik qilish ota va onaga gar jihatdan bog’liqligi to’g’risida fikrlar almashinib, ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech