Tadbirlar

Mehnat muhofazasi madaniyatini shakllantirish - jarohatlanish va kasalliklar kamayishi omilidir

on .

Aynan shu mavzuda Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida o’tgan hafta davomida yosh mutaxassislar, zahira kadrlar, yangi ish boshlagan yoshlar bilan davra suhbatlari, viktorinalar o’tkazildi.

Shuningdek, har bir sex mehnat jamoasi bilan mehnat muhofazasining tashkil etilishi, unga amal qilish va ushbu soha bo’yicha sifat bosqichiga chiqish maqsadida quyish sexining ferroqotishmalar ishlab chiqarish va shixta tayyorlash uchastkasi, Temirchilik-payvandlash sexi, Mexanika-yig’uv sexi, Avtotransport va maxsus texnikalar ta'miri sexi, Ta'mir-mexanika uchastkasi, Energiya xizmati, Xo’jalik xizmati sexlariaro bir qator tadbirlar tashkillashtirildi.

Zavodda mehnat muhofazasi sifatini yanada oshirish bo’yicha olib borilgan tadbirlarni jamlagan holda, uning mazmun-mohiyatini keng targ’ib etish maqsadida zavod rahbariyati tomonidan alohida dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturga ko’ra 20 aprel kuni "Metallurg" MSda "Mehnat muhofazasi madaniyatini shakllantirish - jarohatlanish va kasalliklar kamayishi omilidir" mavzuida seminar bo’lib o’tdi. Seminar yakunida Respublika quvnoqlar va zukkolar tanlovi laureati, MTMZning "Dilkashlar" jamoasi o’z ichakuzdi hangomalari bilan qatnashdi.

21 aprel kuni "Ish joyi bo’yicha eng yaxshi yo’riqnoma" fototanlovi bo’lib o’tdi. 22 aprel kuni zavod yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

28 aprel - Butundunyo mehnat muhofazasi kuni munosabati bilan o’tkazib kelinayotgan "Xavfsizlikhaftaligi" doirasidagi bu kabi tadbirlar kelgusida ishlab chiqarishda xavfsiz mehnatni shakllantirib, kasallanish va jarohatlanishlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech