http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

"Istiqlol yulduzchalari" taronalari

on .

Kombinat Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi Maktabgacha ta'lim bo’limi hamda kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan tashkillashtirilgan an'anaviy "Istiqlol yulduzchalari" bolalar ijodiyoti festivali yilning eng jozibali madaniy tadbiri bo’lib qolsa ajabmas.

Maktabgacha ta'lim muassasalari musiqa rahbarlari uchun imtihon, jajji iqtidorlar uchun san'at yo’lidagi ilk sinov rolini o’ynovchi mazkur festival shahrimizda yorqin iste'dod egalari kamol topayotganidan dalolat berdi.

Kichik iqtidor egalari imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ularning an'anaviy ijrochilik, xoreografiya yo’nalishlari bo’yicha dastlabki bilimlarini yanada mustahkamlash, musiqiy tuyg’ularni jamoaviy guruhlarda ahillikda ifodalay olish asosiy maqsad qilingan festivaldan ko’zlangan natijaga erishildi, deb ishonch bilan aytish mumkin. Yakka tartibda va jamoaviy guruhlarda bolajonlar ijro mahoratini va musiqiy dunyoqarashini boyitish borasida maktabgacha ta'lim muassasalari musiqa rahbarlari keng qamrovli dastur va ish rejalariga ega ekanligini "Istiqlol yulduzchalari" festivali amalda isbotladi. Har bir ta'lim muassasasi tomonidan tayyorlab kelingan ijodiy kompozisiyalar gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi. Bolajonlarning sevimli qahramonlari Bahoroy, jajji gnom, tinib-tinchimas shumbola timsolidagi ezgulik elchilari yovuz ajdar ustidan g’alaba qozonishdi. Sehrli ertak bilan bir vaqtning o’zida jamoalar sho’x kuy, qo’shiq va raqslarni ijro etishdi. Ritmik o’zbek xalq raqslari, brazilyacha tango, ukraincha jozibador raqs, "Qo’g’irchoqlar" kompozisiyasi, gullar taronasi, bahor valsi kabi chiqishlar muxlislar, ota-onalar tomonidan qizg’in kutib olindi. Ayniqsa, ona-Vatanga muhabbat tuyg’usi ila tarannum etilgan "O’zbekiston" kompozisiyasi barchaga g’urur va iftixor baxsh etdi.

Tadbir mehmoni Toshkent viloyati pedagog-xodimlar malakasini oshirish instituti professori Shahrixon Mirzahmatova tomonidan ham festival yuqori baholandi. Tadbir yakunida IOB Maktabgacha ta'lim bo’limi boshlig’i Muhaddas Ismatova festival tashkilotchilari tomonidan ta'sis etilgan diplom va qimmatbaho sovg’alarni barcha maktabgacha ta'lim muassasalari musiqa rahbarlariga topshirar ekan, ularning pedagoglik faoliyatini yuqori baholagan holda "Istiqlol yulduzchalari" festivali qanashchilari va bolajonlarga ijod yo’lida yangi zafarlar yor bo’lishini tiladi. 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech