http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ikki taymda ikki xil o’yin

on .

Futbol bo’yicha O’zbekiston chempionatining oltinchi tur uchrashuvlari o’z yakuniga yetdi. "Obod" va "Bunyodkor" jamoalarining poytaxt derbisida qaldirg’ochlar oliy liga debyutanti ustidan 4:0 hisobida katta ustunlik bilan g’alaba qozondi.

Andijonda maydon egalari "So’g’diyona" darvozasini uch marta ishg’ol qilgan holda mavsumdagi dastlabki yirik g’alabani qo’lga kiritishdi. Turning markaziy uchrashuvi Buxoroda bo’lib o’tdi.

Yigirma besh mingdan ziyod muxlislar guvohligida, afsuski, "Buxoro" voha jamoasiga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Navoiyning "Qizilqum" jamoasi safarda "Qo’qon-1912"ni mag’lub etishni uddaladi. O’tgan yakshanba kuni hamshaharlarimiz Namanganning "Navbahor" jamoasini qabul qilishdi.

Kutilganidek uchrashuv maydon egalarining shiddatli hujumlari bilan boshlandi. "Olmaliq"ning turkmanistonlik legioneri Arslonmurad Amanov uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq mehmonlar darvozasini ishg’ol etib, hisobni ochdi. Jamoamiz tarkibida goleadorlik qirralari tobora ochilib borayotgan Farhod Tojiev 19-daqiqada raqib himoyachilari xatosidan unumli foydalanib, hisobni yana oshirishga muvaffaq bo’ldi. Birinchi bo’limda Igor Shkvirin shogirdlari shiddatli, hujumkor o’yin ko’rsatishgan bo’lishsa-da, afsuski ikkinchi bo’limda tamomila boshqa uslubda maydonda harakat qilishdi. Mehmonlar maydon egalarini himoyalanishga majbur etishdi. Uchrashuvning 65-daqiqasida Olegsandr Pusher oshirib bergan to’pni Anvar Jabborov Nikita Shkvirin darvozasiga joylab qo’ydi. Ushbu gol uchrashuvdagi so’nggi gol bo’lib qoldi.

Hamshaharlarimiz payshanba kuni poytaxt temiryo’lchilariga qarshi maydonga tushishdi. "Olmaliq" 8 may kuni 8-tur doirasida Farg’onaning "Neftchi" jamoasini o’z maydonida qabul qiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech