http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Tarbiyachilar o’z malakalarini yoqlashdi

on .

Barkamol avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizga xosdir.

Muhtaram yurtboshimizning ta'biri bilan aytganda, "Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatidagi obro’si va o’rni eng avvalo, farzandlarimiz qanday kamol topishiga, ularning qanday shaxs sifatida shakllanishiga bog’liqdir. Biz hech qachon ana shu asl haqiqatni unutmasligimiz lozim".

Ta'kidlash joizki, mustaqillik yillarida ta'limni tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga oshirilib, mohiyatan hech qaysi bir davlatda mavjud bo’lmagan uzluksiz ta'lim tizimi shakllantirildi. Barchamizga yaxshi ma'lumki, umid bilan bog’imizga o’tqazgan niholimiz kamoli quyosh nuri, zamin ildizi va quvvat suviga bog’liq. Farzandni bebaho duru gavharga qiyos etadilar. Tabiat mo’'jizasi bo’lgan gavharga qanday naqsh o’yib bitish zargarning mahoratiga bog’liq. Maktab bog’imizning mevalari barchaga manzur bo’lishidan umidvormiz, to’g’ri talaffuz, aniqlik, mantiqlik, talaffuz tozaligi, ifodasi, boyligi, aqliy teranligi, shuningdek, muomalaning noan'anaviy vositalaridan to’g’ri foydalanish, tarbiyachi-pedagogning nafaqat bola bilan so’zlashish, balki uni tinglay bilishi bilan ham baholanadi. Matematik misollarni tuzish va ularni tarbiyalanuvchilar bevosita o’zlashtirib olishlari uchun o’quvchining shaxsiy harashlari, qiziqishlari inobatga olinishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Taniqli fransuz olimasi Mariya Montesori yo’nalishini qo’llagan holda bolaning sensor rivojlanishi - buyumlarning tashqi xususiyatlariga doir belgilarni qabul qilishi va shakllantirishi: rangi, kattaligi, cheksizlikdagi joylashuvi, shuningdek, qidi, ta'mi va boshqalarga bog’liqligini e'tiborga olgan qolda didaktik mashg’ulotlar olib borish hamda davlat dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga chuqur bilim berish masalalari bo’yicha taklif va fikrlar kombinat O’quv markazida 1-22 aprel kunlari bo’lib o’tgan malaka oshirish kurslarida muhokama qilinib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ruhan va jisman rivojiga qo’yiladigan davlat talablarini o’zlashtirish yuzasidan ilg’or tajribalar almashildi. Mazkur o’quv kurslari yakunida tarbiyachilar imtihondan o’tkazildi va ular o’z malakalarini tasdiqlashdi. Toshkent viloyati pedagog-xodimlar malakasini oshirish institutining sertifikatlari MTM muassasalarining pedagog-tarbiyachilariga topshirildi. 

Shu o’rinda aytib o’tish lozimki, kombinat maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich kengaytirib borish, mavjud MTM-ni kapital ta'mirlash va jihozlash, shuningdek, bolalarni ta'lim standartlariga muvofiq o’qitish, maktabgacha ta'limning mutlaqo yangi yo’nalishlarini tayyorlash va tatbiq etish, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarining malakasini oshirish kabi chora-tadbirlar mazkur dasturlardan o’rin olgan bo’lib, uning ijrosini ta'minlash yo’lida bugungi kunda maqsadga muvofiq ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda, pedagog-tarbiyachilarning malakasini oshirish, ularning markaziy va hududiy malaka oshirish institutlarida yangi o’quv uslublarini o’zlashtirishlari yo’lida sa'yi-harakatlar olib borilmoqda. "Olmaliq KMK" AJ va Toshkent viloyati pedagog-xodimlar malakasini oshirish instituti bilan tuzilgan shartnomaga asosan, OKMK Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalarining 30 nafar tarbiyachilari bilan o’tkazilgan o’quv kurslari fikrimiz isbotidir. Bu kabi tadbirlar natijasida ta'limning ilg’or texnologiyalari joriy etilib, kadrlar malakasini oshirish tizimi takomillashtirilmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech