http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Korxona hozirligi imtihon qilindi

on .

Taktik-maxsus o’quv mashg’ulotlari - harbiy va maxsus qo’shilmalarni, harbiylashmagan tuzilmalarni amaliy ishlarni bajarishga o’rganishlari, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorlashning asosiy shartidir.

Tinchlik davrida va harbiy harakatlar sharoitida aholini, xalq xo’jaligi tarmoqlarini, hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish davlat ahamiyatiga molik vazifa hisoblanadi. Kuni-kecha "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodida o’tkazilgan taktik-o’quv mashg’ulotlari davomida korxona qo’shilmalarining hozirligi yana bir marta jiddiy sinovdan o’tdi.

Qo’mondon boshliqlar tarkibining avariya-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni olib borish, ishchi-xodimlarni muhofaza qilishni tashkil etish, qo’shilma va tuzilmalarni boshqarishdagi amaliy ko’nikmalarini takomillashtirish taktik-o’quv mashg’ulotlarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Qo’shilmalar, avariya-qutqaruv bo’linmalari va harbiylashmagan tuzilmalarning aholini  muhofaza qilish ishlarini mustaqil ravishda olib borishi hamda fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikdagi bahamjihat harakatlariga erishishini ta'minlash ham  korxonalar tomonidan o’tkaziladigan taktik-maxsus o’quvlar asosini tashkil qiladi. Mazkur taktik-maxsus o’quvlari kombinat ob'ektlari barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash bilan bir qatorda qirg’oqlarni mustahkamlash, ko’chki, sel ostida qolish xavfi yuqol bo’lgan manzillarda muhandislik-texnik ishlarni amalga oshirish hamda ishchi-xodimlarni favqulodda vaziyatlarda to’g’ri va oqilona harakatlanish uslublariga o’rgatish bilan ham ahamiyatlidir.

Kombinat Rux zavodi direktorining 2016 yil 22 martdagi buyrug’iga asosan, korxonada "Portlash va yong’inga xavfli ob'ektda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib borish" mavzuida 22 aprel kuni bo’lib o’tgan taktik-maxsus o’quv mashg’uloti mazkur yo’nalishda olib borilayotgan ishlarni mukammal baholash imkonini berdi. Rux zavodi Fuqaro muhofazasi shtabi korxona tuzilmalari kuch va vositalari hozirligi, ularning jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta'minlanishi borasida barcha rejadagi tadbirlarni bajarishga muvaffaq bo’lgani o’quv mashg’ulotining samarali o’tishiga zamin hozirladi. Tayyorgarlik tadbirlarining mazmuni va hajmi, o’quv mashqi miqyosi va maqsadiga, o’quvlarga jalb etilayotgan tuzilmalarning tayyorgarlik darajasiga hamda moddiy ta'minoti, mashq olib borilayotgan ob'ektning holati o’quv mashg’ulotlari namunali kechishini ta'minlaydi. Taktik-o’quv mashg’uloti ssenariysiga asosan, korxona Kuydirish sexida yuz bergan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlariga kirishildi. Mashg’ulotning borish ketma-ketligi mutaxassislar tomonidan baholab borildi. Tuzilmalar va qo’shilmalar o’rtasidagi doimiy o’zaro hamkorlik natijasida halokat zonasida belgilangan tartibda zararsizlantirish, xavfsizlantirish, qutqarish va avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borildi. Jabrlanganlarga shifokorga qadar birinchi tibbiy yordam ko’rsatilib, ularni tibbiyot muassasalariga zudlikda yetkazish choralari ko’rildi.

Maxsus o’quv mashg’ulotlari muhokamasi qismida so’zga chiqqan Rux zavodi direktorining Xavfsizlik va Fuqaro muhofazasi bo’yicha o’rinbosari Aleksandr Kim o’quv mashg’ulotlarining maqsadi, taktik mashg’ulotning borishi, qabul qilingan qarorlarning to’g’ri va maqsadga muvofiqligi, avariya-qutqaruv bo’linmalari hamda tuzilmalarning harakatlariga mufassal baho berib o’tdi. Aleksandr Timofeevich amaliy harakatlarning natijalari, mexanizasiya va texnika vositalaridan samarali foydalanish, moddiy-texnika ta'minoti sifati va sanoat xavfsizligi qoidalariga uzviy rioya qilinishi lozimligini ham ta'kidladi.

Maxsus-taktik o’quv mashg’uloti yakuniga ko’ra, Rux zavodi Fuqaro muhofazasi shtabi va korxona tuzilmalarining  kombinat FM otryadi, 1-KYoXQ, Tibbiy-sanitariya qismi bilan hamkorlikdagi faoliyati qoniqarli deb baholandi.

Axborot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech