http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ta'mirchi-elektrpayvandlovchilar bellashuvi

on .

"Olmaliq KMK" AJ Ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlari boshqarmasi tashkil etilganidan keyingi qisqa vaqt ichida kombinatning eng muhim ta'mir-montaj korxonalaridan biriga aylanib ulgurdi. Yillar davomida boshqarma negizida yangidan-yangi ish uchastkalari tashkil etildi.

Boshqarmaning har bir ish uchastkasi faoliyati ta'mirchi-chilangarlar, montajchilar bilan bir qatorda gazelektr-payvandlovchilar mehnati asosiga quriladi.  Shu sababli ham boshqarmada ishchi-xodimlar kasb mahoratini oshirishga alohida e'tibor qaratiladi. Kuni-kecha boshqarma gazelektrpayvandlovchilari o’rtasida o’tkazilgan kasb mahorati tanlovi bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlarni yana bir bor ko’rib chiqish imkonini berdi. Tanlovda ishtirok etish uchun 19 nafar gazelektrpayvandlovchilar arizalari olingan bo’lsa, shulardan 11 nafari yakuniy bosqichda g’oliblik uchun kurashgani tanlov qat'iy talab mezonlarida o’tganidan dalolat beradi. Tanlovning nazariy bilimlar bosqichida ishtirokchilarga beshta savoldan iborat biletlar berilib, ana shu savollarning 3 tasi elektrpayvandlash ishi hamda ikkitasi Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligiga oid topshiriqlarni o’z ichiga oldi. Ishtirokchilarning amaliy ishlarni bajarishlari uchun boshqarma sanoat bazasida payvandlash postlari tashkil etildi. Bu shartni baholashda gaz-

elektrpayvandlovchilarning ish joyini hozirlash, shaxsiy himoya vositalari va ish qurollaridan foydalanish jihatlariga ham ahamiyat qaratildi. Metall plastinalarni ikki xil holatda biriktirish vazifasini bajargan gazelektrpayvandlovchilarning  ish yakunidan keyin bajarishi shart bo’lgan tadbirlar ham hakamlar qay'atining nazaridan chetda qolmadi. Tanlovning nazariy bilimlar bosqichida eng yuqori ballni to’plagan Fayzulla Xudoyberdiev amaliy ishlarda hamkasblaridan biroz ortda qoldi. Uning tajribali hamkasbi Aleksandr Kulikov ham nazariy bilimlar shartida tahsinga sazovor ko’rsatkichni qayd etdi. Boshqarmaning Metall konstruksiyalar va yuk ko’tarish mexanizmlarini tekshirish va ta'mirlash  ixtisoslashtirilgan 2-uchastkasi gazelektrpayvandlovchisi Azimjon Xudoyberdiev eng yuqori natija ko’rsatgan holda ITIBning "Eng yaxshi gazelektrpayvandlovchisi" deb topildi. Uning jamoadosh hamkasbi Aleksandr Kulikov va Fayzulla Xudoyberdievlar keyingi sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Tanlov g’olib va sovrindorlari kombinat Kasaba uyushma Kengashining diplom va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech