http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Sanoati xodimlari kasb bayramiga tayyorgarlik

on .

Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kasb bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni munosib o’tkazish O’zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kasb bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni munosib o’tkazish haqidagi "Olmaliq KMK" AJ buyrug’i ijro uchun qabul qilindi.

Ushbu buyruqqa ko’ra, ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi. Bayram shodiyonalari oldidan kombinatga biriktirilgan ixtisoslashgan muassasalarda xayriya ayyom tadbirlarini o’tkazish; Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari, nogironlar, xastalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat jamlamalari va pul mukofotlarini tarqatish; Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari, ishlab chiqarish ilg’or va kasaba uyushmasi faollari uchun ayyom tadbirini tashkil etish;

korxonalarda, sexlarda bayram dasturxoni yozilib, palov tortilib, konsert uyushtirish;  10 mayga qadar sex, bo’limlar va korxona hududlarini obod etib, bayramona ruhdagi bannerlar, shiorlar, plakatlar bilan bezash; xalq saylini tashkil etib, bayram shodiyonalarini o’tkazish ko’zda tutilgan.

Buyruqqa asosan, "Metallurg" MS, ATB, kombinat moddiy-texnika ta'minotchilari, markaziy hisobxona va boshqa mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklandi.

Kombinat matbuoti va OAVlari tomonidan maxsus ruknlar tashkil etilib, kasb bayramiga tayyorgarlik ko’rish ishlarini, shuningdek bayram tantanalarini keng ko’lamda yoritish vazifasi topshirildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech