http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ekologiya va tabiiy resurslarni boshqarish

on .

Aynan shu mavzuda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi davlat boshqaruvi Akademiyasi tinglovchilari uchun sayyor mashg’ulot bo’lib o’tdi.

"Metallurg" MS kichik majlislar zaliga to’plangan Akademiya tinglovchilari mashg’ulot avvalida  Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish zanjiri borasidagi videorolik bilan tanishdilar.

Kombinat atrof-muhitni  muhofaza qilish bo’limi boshlig’i Aleksandr Filimonov yig’ilganlarga respublikamiz ekologiyasi, kombinat ekologiyasi, bu boradagi ishlarni yanada yaxshilash yuzasidan hukumatimiz va kombinat rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ishlarga batafsil to’xtaldi.

Shundan so’ng kombinat O’quv markazi boshlig’i G’ayrat Salimboev Olmaliq shahri, aholisi, ishlab chiqarishi, infratuzilmasi, ijtimoiy soha, shaharda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari xususida Akademiya tinglovchilarini tanishtirib o’tdi.

Mashg’luot davomida tinglovchilar o’z-larini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mashg’ulotdan so’ng Qalmoqqir koniga safar uyushtirildi. Kon kuzatuv maydonida bo’lgan sayyor mashg’ulot ishtirokchilariga Qalmoqqir koni, uning tarixi, ishlab chiqarish quvvati, zahirasi, ish jarayoni, konda olib borilayotgan modernizasiya va texnik yangilanishlar borasida kon mutaxassislari hikoya qilishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech