A- A A+

Tadbirlar

Eng yaxshi qadoqlovchi

on .

"Olmaliq KMK" AJning eng ko’p tarmoqli korxonalaridan bo’lgan Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasida bugungi kunda  2000 nafarga yaqin ishchi-xizmatchilar mehnat qilib kelishadi.

Iste'molchilarning talablarini qondirish, ular buyurtmalariga asosan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, kombinat ijtimoiy ob'ektlari, ishchi-xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, maishiy jihozlar bilan ta'minlash kabi vazifalar ular tomonidan oqilona uddalanib kelinadi. Boshqarma ahli nafaqat ishlab chiqarishda ilg’orlar safida, balki madaniy-ma'rifiy tadbirlarning faol ishtirokchisi, sport musobaqalarining sov-rindorlari hamdir. So’nggi yillarda ishchi-xodimlar malakasini oshirish, kasbiy tajribalarini shakllantirish maqsadida turli kasb tanlovlari muntazam o’tkazilib borilmoqda. Kuni-kecha Mis kuporosini qadoqlash uchastkasida qadoqlovchilar o’rtasida bo’lib o’tgan "Eng yaxshi qadoqlovchi" tanlovi ham aynan ana shu maqsadga qaratilib, o’z o’rnida mazkur ko’rik-tanlov qadoqlovchilarga tajribalarini yana bir bor sinovdan o’tkazish imkonini berdi. Boshqarma kasaba qo’mitasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan ushbu tanlovda uchastkaning uch nafar yosh a'zolari ishtirok etib, unda qadoqlovchilar birinchi amaliy shartda 100 kilogrammlik mis kuporosini ma'lum miqdorda maxsus qopchalarga solib, qadoqlash va me'yorlashtirish vazifalarini bajarishdi. Qadoqlash topshirig’i shartini baholashda mutaxassislardan iborat hakamlar qay'ati tomonidan qadoqlovchilarning ishlab chiqarish talablariga rioya etgan holda belgilangan miqdordagi mahsulotni tez va sifatli qadoqlashlariga alohida e'tibor berildi. Nazariy bilimlar shartida ishtirokchilar o’z kasblari, vazifa yo’riqnomalari hamda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligiga doir savollarga bilim va ko’nikmalariga tayangan holda javoblar berishga harakat qilishdi. Har ikki shartda faol ishtirok etib, yetarli amaliy va nazariy bilimlarga ega ekanligini ko’rsata olgan mohir kasb egasi Dilshod Naziev uchastkaning "Eng yaxshi qadoqlovchi"si deb topildi, uning hamkasbi Murod Usmonov kasb mahorati tanlovida yaxshi natijalarni qayd etib, ikkinchi o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, Farhod To’ychiev uchinchi o’rin sohibi bo’ldi. Tanlov g’olib va ishtirokchilari kombinat Kasaba uyushmalari Kengashining diplom va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.          

Zarifa BOYMATOVA,

 IMIChB kasaba uyushma q o’mitasi raisasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech