A- A A+

Tadbirlar

Yuqori bilim va mahorat bilan

on .

Yuk ko'tarish quvvati 25 tonnadan 220 tonnagacha bo'lgan o'ziag'daruvchi transport vositalari kombinat avtomobil transporti ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini belgilab beruvchi asosiy karer avtotransport vositalari hisoblanadi. Qalmoqqir kon boshqarmasi konlaridan ruda va tog' jinslarini olib chiqish uchun kuniga o'rtacha 25 tadan ziyod BelAZ va TEREX rusumli avtogigantlar yo'nalishga qo'yilayotgan bo'lsa, Sariq-cho'qqi konida o'nta ana shunday texnikalar konchilar xizmatiga safarbar etilgan.

Islom Kibarov MTMZning eng yaxshi gazelektrpayvandlovchisi

on .

Ishchining g'ayrati mo''jizalar yaratishga qodir deyishadi. Shu bois ham "Olmaliq KMK" AJning barcha ishlab chiqarish korxonalarida kasaba uyushma qo'mitalari tomonidan muntazam ravishda jamoalarda faoliyat yuritayotgan turli kasb egalarining malaka va tajribalarini sinovdan o'tkazishga va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratib kelinadi.

Gulmira temiryo'lchilar malikasi

on .

Bugungi kun nuqtai nazaridan kelib chiqib, oilalarga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, qurilajak oilalarga mustahkam zamin yaratish, yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni takomillashtirish, jismonan sog'lom, har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda boshqarma kasaba uyushma tashkilotining rolini oshirish, xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasining mavqeini mustahkamlash va shu asosda mehnatkashlar oilalari barqarorligini ta'minlash, yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasi yo'lida ishlarni yuqori bosqichga ko'tarish borasida kombinat sanoat temiryo'l transporti boshqarmasi kasaba uyushma qo'mitasi o'zining puxta, keng qamrovli ish rejasiga ega.

Tarbiyachi-pedagoglar kutlandi

on .

Mamlakatimizda istiqlolimizning ilk yillaridan boshlab amalga oshirilib kelinayotgan ta'lim islohotlari bugun o'z samarasini bermoqda. O'sib kelayotgan avlodga har tomonlama yuksak ta'lim-tarbiya berish maqsadida ayni damga kelib shahrimizda 50dan ziyod umumta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyat yuritib kelayapti.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech