http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xabardormisiz?

O’z yurtimizga munosib bo’lmog’imiz shart!

on . Posted in Xabardormisiz

Barchamizning hayotimizda o’zimiz uchun qadrli, sog’inib kutadigan kunlar, voqealar bo’ladi. Lekin shunday kunlar ham bo’ladiki, mazkur damda barchaning quvonchi, voqealar hayajoni mushtarak bo’lib, o’zining ahamiyati, taalluqligi jihatidan butun bir millatni birlashtiradi.

Mana shunday kunlardan biri bu - Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun! Chunki, Asosiy Qonun qabul qilingan kun Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotida beqiyos siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga molik tarixiy kun bo’lib qoldi.

Yillar o’tgan sayin Asosiy qonunimizning hayotimiz, taraqqiyotimiz uchun ahamiyati qanchalik katta ekanligini chuqurroq anglamoqdamiz. Vatan ravnaqi, mamlakatimiz fuqarolarining munosib hayot kechirishi, tinch-totuvligini ta’minlash, xalqimizning buyuk maqsadlarini ro’yobga chiqarishda Bosh qomusimiz mustahkam huquqiy asos bo’layotganiga istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlarimiz yaqqol dalildir.

Men mustaqillik farzandiman, negaki, mustaqil davlatimiz bilan birga o’sdim, ulg’aydim. Mana shu o’tgan yigirma olti yilda men va men kabi barcha tengdoshlarim davlatimiz hukumatining ulkan mehri va g’amxo’rligi og’ushida voyaga yetdik. Nimani niyat qilsak, qalbimizda qanday ezgu maqsad bo’lsa, barchasiga erishayapmiz. Bu mamlakatimizda zamonaviy ta’lim olishimiz, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishimiz, o’z iqtidor va salohiyatimizni namoyon etishimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlar natijasidir.

Konstitutsiya biz yoshlarning kelajagimizni yanada mustahkam bunyod etishimizda ulug’ tayanch bo’ladi. Unda bitilgan har bir so’z benihoya qadrli va muhim, ularni ong-shuurimizga mustahkam jo qilishimiz shart. Konstitutsiyada huquq va erkinliklarimiz, fuqarolik burchimiz qonun yo’li bilan kafolatlangan. Ayniqsa, unda “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi”, “Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi”, deb qayd etilgani har birimizning orzu-maqsadlarimizga qanot, qalbimizga ishonch, g’urur bag’ishlaydi.

Darhaqiqat, yurtimiz yoshlari uchun keng imkoniyatlar, sharoitlar yaratilgan. Shu bois har birimiz o’z huquqimizdan erkin va unumli foydalangan holda hayotda o’z o’rnimizni topib, el-yurtga naf keltiradigan inson bo’lishimiz darkor. Bosh qomusimizning XI bobida fuqarolik burchlarimiz to’g’risida to’liq va batafsil aytib o’tilgan. Biz o’z fuqarolik pozitsiyamizga ega bo’lib, mustaqil fikrlay olishimiz, huquqiy madaniyati yuksak yoshlar bo’lib kamolga yetishimiz zarur. Bir so’z bilan aytganda, shunday jannatmakon, bag’rikeng yurt farzandlari bo’lgan biz yoshlar o’z yurtimizga munosib bo’lishimiz shart. Zero, yurtimizning kelajagi biz yoshlarning qo’lida.

Rustam MAMATQULOV,

MBF gazelektrpayvandlovchi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech