Xabardormisiz?

Konstitutsiyaning ayollar hayotidagi o’rni

on . Posted in Xabardormisiz

Mustaqillik yillarida jamiyat hayotining ko’plab sohalari qatori onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar reproduktiv salomatligini mustahkamlash va eng asosiysi, oilada sog’lom turmush tarzini yuksaltirish borasida keng ko’lamli islohotlar izchillik bilan amalga oshirildi.

Shuningdek, ayollarning jamiyat hayotida tutgan o’rni va nufuzini oshirish, ularning xaq-huquqlariga doir qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish masalasida ham e’tirofga loyiq ishlar amalda o’z tasdig’ini topdi. “Sog’lom ona va sog’lom bola - sog’lom millat demakdir”, degan olijanob g’oya asosida bugun ayollar jamiyat ravnaqi yo’lida yanada faollashmoqdalar. Ularning xaq-huquqlariga doir muhim hujjatlar bosh Qomusimiz asosida yana bir bor mustahkamlab qo’yilgan. Bunga misol tariqasida Konstitutsiyamizning 64-65-moddalarini keltirishimiz mumkin. Kuni kecha “Olmaliq KMK”AJ Kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan kombinatning faol ayollari ishtirokida bo’lib o’tgan “Konstitutsiyaning bizning hayotimizda tutgan o’rni” mavzusidagi tadbir aytilgan fikrlarimizning amaliy ifodasi bo’ldi.

Podpolkovnik Malohat Marazikova, huquqshunos Mirshohid Mavlyanov, Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi maktabgacha ta’lim bo’limi boshlig’i Muqaddas Ergashevalar so’zga chiqishib, o’z ma’ruzalarida ayollarning qonun va Konstitutsiya bilan kafolatlangan haq-huquqlari, shuningdek, ayollar o’rtasida jinoyatchilik, diniy ekstremizm kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar ko’lamiga to’xtalib o’tdilar.

Shuningdek, kombinat jamoa shartnomasiga ko’ra ayollarga beriladigan qo’shimcha imtiyozlar, ish jabhasidagi yoki tug’ruq ta’tilida bo’lgan ayollarning o’z haq-huquqlaridan unumli foydalanishlariga doir joriy yil sarhisobi ham muhokamaga qo’yildi.

Darvoqe, inson manfaatlari qadrlanadigan mamlakatimizning taraqqiyot yo’li bilvosita va bevosita ayollar manfaatlari va ulardagi huquqiy savodxonlikning yuksalishi bilan uzviy bog’liq holda rivojlanishi yillar davomida o’z tasdig’ini topgan haqiqatdir. Shu ma’noda kombinatning faol ayollari ishtirokida bo’lib o’tgan mazkur tadbir ko’lami va ahamiyati bilan diqqatga molik bo’ldi, deb ayta olamiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech