Xabardormisiz?

Bu kunni har qancha bayram qilsak arziydi

on . Posted in Xabardormisiz

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqimiz hayotida tutgan o’rni beqiyos ekanligi unda kafolatlangan huquq-majburiyatlar har bir shaxsning jamiyat hayotidagi to’laqonli ishtirokini ta’minlashga, barcha imkoniyat va salohiyatini yuzaga chiqarib, o’zligini namoyon etishga mustahkam huquqiy asos bo’lib xizmat qilayotgani OKMK Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasida kuni kecha konstitutsiyamizning 25 yilligi oldidan bo’lib o’tgan tadbirda yana bir bor e’tirof etildi.

Davra suhbatida so’zga chiqqanlar Asosiy qonunimiz huquqlarimiz poydevori ekanligini ta’kidladilar.

- Eng avvalo, Bosh qonunimizda huquq va majburiyatlarimiz kafolatlanganligini alohida qayd etish lozim, - deydi tadbirga taklif etilgan kombinat Kasaba uyushmasi Kengashi huquqshunosi Mirshohid Mavlyanov. - Shunday ekan, Konstitutsiyamizni qanchalik chuqur o’rgansak, bu kunni har qancha bayram qilsak arziydi.

Boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan yoshlar qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg’usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir bu borada ishtirokchilarni qiziqtirgan qator savollarga javob bo’ldi.

Gulhayo NORINOVA,

STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech