Xabardormisiz?

Har bir fuqaro taqdiriga daxldor

on . Posted in Xabardormisiz

Ma’lumki, Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 25 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlarida, jumladan “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish jabhalarida uyushqoqlik bilan o’tkazilmoqda.

Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri kombinat “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida kombinat Kasaba uyushmasi Kengashi hamda korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda mutaxassislar, trest ishchi-quruvchilari, kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zolari ishtirok etishdi.

Ma’rifiy kechani Kasaba uyushmasi Kengashi huquqshunosi Mirshohid Mavlyanov kirish so’zi bilan ocharkan, Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati, uning xalqimiz hayotida tutgan o’rni, unda qayd etilgan huquq va majburiyatlar to’g’risida atroflicha so’z yuritdi. Qonunchiligimizda inson manfaatlari oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgani, mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-siyosiy hayot barqarorligi va erishayotgan barcha yutuqlarimiz zamirida huquq va erkinliklarimiz kafolati - bosh Qomusimiz turganligini e’tirof etib o’tdi.

- Har yili Konstitutsiya bayrami oldidan o’tkazilayotgan tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari har bir jamoa vakillarini, ayniqsa, kelajagimiz bunyodkorlari bo’lgan yoshlarning bosh Qomusimizga bo’lgan hurmatini oshirish bilan birga, o’z huquq va burchlarini, ijtimoiy-siyosiy faolligi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishlariga ham xizmat qilmoqda, - deydi M.Mavlyanov. - Konstitutsiyadagi har bir jumlaga shunchaki bir qog’ozdagi yozuvlar sifatida qarab, uni kitob javonida saqlashimiz emas, balki qalbimizda saqlab, nafaqat uni bilishimiz, balki hayotimizning ajralmas qismi sifatida uni his qilishimiz darkor.

Shuningdek, tadbirda har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini, jumladan, mehnat qilish, bilim olish va huquqini kafolatlashda Konstitutsiya dasturilamal bo’layotgani, bu muhim hujjatning har bir moddasi alohida ahamiyatga egaligi hamda har bir fuqaroning taqdiriga daxldorligi, qonunlarning ustuvorligi, ijtimoiy tenglik, inson manfaatlarining oliy qadriyat ekanligi kabi dasturiy maqsadlar aynan Konstitutsiya tamoyillariga hamohangligi to’g’risidagi fikr va mulohazalar ishtirokchilarning diqqat markazidan joy oldi.

Ma’rifiy kecha davomida ishtirokchilar qiziqqan savollariga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

Sahobat ABDUQODIROVA,

"Olmaliqmetallurgqurilish" tresti kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech