http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xabardormisiz?

Mamlakat taraqqiyotining huquqiy kafolati

on . Posted in Xabardormisiz

Mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning huquqiy kafolati hamda mustahkam poydevori bo’layotgan Konstitutsiyamiz - amalga oshirilayotgan barcha iqtisodiy-siyosiy, huquqiy-ma’naviy islohotlarning tamal toshi, jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligining asosi bo’lib xizmat qilmoqda.

“Konstitutsiya - nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini belgilab beruvchi xujjat, farzandlarimiz yo’lini yoritib turguvchi mayoqdir”. Shu sababli ham yurtimizda har yili O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni o’zgacha ruhda qarshi olinadi. Ma’lumki, joriy yilning 8 dekabrida insonparvarlik tamoyillariga asoslangan Asosiy qomusimiz qabul qilinganligining 25 yilligi nishonlanadi. Mazkur sanaga bag’ishlab, kuni-kecha “Olmaliq KMK” AJ Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari, huquq-tartibot organlari hamda kutubxona xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda jinoyat ishlari bo’yicha Olmaliq shahar sudi raisi Orifjon Nig’manov, kombinat tasarrufidagi kutubxona vakilasi Lyudmila Sherbanlar so’zga chiqishib, Konstitutsiya - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati ekanligi, erishayotgan yutuqlarimiz, bugungi tinch-osuda hayotimiz, ertangi kunga bo’lgan ishonchimiz, xalqaro maydonda ortib borayotgan obro’-e’tiborimiz negizida aynan mana shu huquqiy hujjat turganligi haqida so’z yuritishdi. Tadbirda istiqlol yillarida barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosi Bosh Qomusimiz bilan chambarchas bog’liq ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

Darhaqiqat, davlatimiz jahon hamjamiyatida o’zining mustahkam o’rniga ega bo’layotgani, mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalib, fuqarolarning turmushi farovonlashib borayotgani Konstitutsiyamizda kafolatlangan huquqlarimiz hayotda ta’minlanayotganligidan dalolatdir. Ayni kunlarda bu kabi tadbirlar kombinatning barcha sex va bo’linmalarida yuksak saviyada davom ettirilmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech