http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xabardormisiz?

O`n beshinchi yalpi majlisda 10 ta qonun ko`rib chiqildi

on . Posted in Xabardormisiz

2018 yil 28-29 iyun kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n beshinchi yalpi majlisi bo`lib o`tdi.

Majlis davomida Senat vakolatlariga kiradigan 23 masala, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil ijro etishga qaratilgan 10 ta qonun ko`rib chiqildi. Ular orasida “Mediatsiya to`g’risida”, “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to`g’risida”gi yangi qonunlar bor. Shuningdek, yangi tahrirdagi “Ekstremizmga qarshi kurashish to`g’risida”, “O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to`g’risida”, “O`simliklar karantini to`g’risida”gi qonunlar hamda boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, senatorlar tomonidan qabul qilingan qarorlar xalqaro hamkorlikni kengaytirishda, mamlakatimiz yon-atrofida xavfsizlik muhitini yaratishda, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashda, mamlakatimizda barqarorlik va farovonlikni ta’minlashda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech