http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xabardormisiz?

Ijtimoiy himoya

on . Posted in Xabardormisiz

Ma’lumki, mamlakatimiz Prezidenti va hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, farmoyishlarning tub negizida eng avvalo inson omili, inson manfaati yotadi. Xususan, 2018 yilning sentyabrida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to`g’risida”gi qarori ham aynan mana shu maqsadni ko`zlagan.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyati borasida Olmaliq shahar byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi boshlig’i Shohruh Abdiev bilan blits-suhbat uyushtirdik.

- Respublikamiz hukumati tomonidan “Mamlakatimiz aholisini  va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to`g’risida”gi qarori qabul qilindi  va don, un va nonni sotishga, shuningdek, mamlakatning donni qayta ishlash tarmog’iga bozor mexanizmlari joriy qilinadigan bo`ldi.

Un va qolipli non xarid qilish bo`yicha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qo`shimcha harajatlarni qoplash uchun kompensatsiya to`lashning samarali mexanizmi ham yaratildi. Bu mexanizmda asosiy e’tibor aynan nimalarga, kimlarga qaratilgan?

- Bunda asosiy diqqat-e’tibor ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy qo`llab-quvvatlashga qaratilgan. Ya’ni, 2018 yilning 1 oktyabridan boshlab yoshga doir, nogironlik bo`yicha nafaqa, boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi va nafaqasi, bolaligidan nogiron bo`lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, nogiron bo`lgan 16 yoshgacha bolalarga nafaqa, shuningdek, yoshga doir pensiyaning belgilangan miqdoridan kam pensiya va nafaqa bo`yicha har bir nafaqa oluvchiga eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to`lanadi. Shuningdek, o`zini o`zi boshqarish organlari, ya’ni mahalla fuqaro yig’inlari orqali moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilaga, aynan bola ikki yoshga to`lgunga qadar uni parvarish qilish bo`yicha nafaqa oluvchi oilalarga un va qolipli non xarid qilish bo`yicha qo`shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to`lanishi joriy etildi.

- Aytingchi, qarorda yosh, voyaga yetmagan farzandlari bor oilalarni ham ijtimoiy himoyalash nazarda tutilganmi?

- Albatta. 2018 yilning 1 oktyabridan  boshlab 14 yoshgacha farzandlari bo`lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj  oilalarga bolalar sonidan kelib chiqqan holda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, ya’ni mahalla tomonidan nafaqa belgilanadi.

- Nafaqalar qay tartibda, ya’ni bolalar soniga qarab qanday to`lanadi?

-  Belgilanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqiga nisbatan, masalan, bir nafar farzandi bo`lgan oilaga - 60%, ikki nafar farzandi bo`lgan oilaga - 100 foiz, uch nafar va undan ko`p farzandi bo`lgan oilaga - 140 foiz miqdorida to`lanadi.

- Suhbat uchun rahmat.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech