http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xabardormisiz?

Yangi qonun targ’iboti

on . Posted in Xabardormisiz

4 fevral kuni “Metallurg” MSda “Kasaba uyushmalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni mazmun-mohiyatini targ’ib qilish bo’yicha tadbir o’tkazildi.

]Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi tomonidan o’tkazilgan tadbirda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi yuridik bo’lim yetakchi yuristkonsulti Nargiza Asadova, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi o’rinbosari O’tkirbek Rashidovlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida qonun mazmun-mohiyatini batafsil aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.

-  2019 yil 6 dekabrda qabul qilingan qonun 9ta bob va 56 ta moddadan iborat, - deydi Nargiza Asadova. - Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishda xalqaro xuquqiy normalar, barcha MDH mamlakatlarining shuningdek, Yevroittifoq mamlakatlari-  Finlandiya, Shvetsiya, Daniya, Niderlandiya, Buyuk britaniya, Ispaniya, Portugaliya, Germaniya va boshqa davlatlar tajribasi inobatga olingan. – Qonunni ishlab chiqishdan asosiy maqsad Xalqaro Mehnat tashkilotining Konvensiyalariga mos ravishda kasaba uyushmalarini huquq va vakolatlarini kengaytirish, kasaba uyushmasiga birlashish imkoniyatlarini kengaytirish,kasaba uyushmalari organlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishni soddalashtirish, xodimlarni mehnat huquqini himoya qilishda asosiy institutlardan biri bo’lgan, mehnat inspeksiyalarini qayta tiklash, mehnat sohasida Ijtimoiy sheriklik hamda Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni tartibga soluvchi normalarni qonuniy mustahkamlash, amaldagi qonunda bor bo’lgan havolaki va deklorativ xarakterdagi normalarni bartaraf etishdan iborat. Yangi qonunda yangi modda kiritilgan bo’lib, ya’ni qonunning 4-moddasida BOSHLANG’ICH KASABA UYUSHMASI TASHKILOTI, KASABA UYUSHMALARINING BIRLASHMASI, KASABA UYUSHMASI, KASABA UYUSHMASINING BO’LINMASI tushunchalariga batafsil ma’lumot berilgan. Yana bir muhim jihat -  Qonunda kasaba uyushmalariga xodimlarning mehnat huquqini himoya qilish va ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya etishlari ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish huquqiga ega bo’lgan mehnat inspeksiyalarini tuzish huquqi hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining, ish beruvchilar va ularning birlashmalari faoliyati ustidan JAMOATCHILIK NAZORATINI olib borish huquqi berildi. 

Yangi qonun avvalgi qonunga nisbatan bir qator yangi aniq, to’g’ridan-to’g’ri amal qiladigan normalarni o’z ichiga olgan.

Amaldagi qonunning 2-moddasi 2-qismida “Xodimlar barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, yakka tartibdagi tadbirkorlik va o’zga mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan boshqa ish joylarida kamida uch nafar xodimning tashabbusi bilan kasaba uyushmalarini tuzishga haqli’’ deb belgilab qo’yilgan.

Bu bir korxona yoki o’quv muassasida ishlayotgan, ta’lim olayotgan shaxslar birlashib kasaba uyushmasi tuzish mumkinligini anglatgan holda, bir necha korxonalarda, aniqrog’i bir necha ish beruvchilarda ishlayotgan shaxslarga o’zaro birlashib kasaba uyushmasi tuzish huquqini bermas edi.

Yangi Qonunning 19-moddasi 2-qismida “Kasaba uyushmalari bir yoki bir nechta tashkilot xodimlarining tashabbusiga ko’ra tashkil etiladi” deb belgilab qo’yildi.

Bu bilan Xalqaro mehnat tashkilotining “Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to’g’risida’ti 87-konvensiyasining normasi implementatsiya qilinib, nafaqat bitta tashkilotda ishlayotganlar, balki bir necha tashkilotda ishlayotgan xodimlarga ham o’zaro birlashib kasaba uyushmasini tuzish imkoni berildi.

Tadbirda yangi qabul qilingan qonun bo’yicha taklif va mulohazalar ham bildirildi.

Ma’lumot o’rnida shuni aytish mumkinki bugungi kunda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 14ta tarmoq kasaba uyushmasi 32,5 mingdan ziyod boshlang’ich tashkilot mavjud. “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tarkibida esa 41ta kombinat korxonalari boshlang’ich tashkilotlari mavjud. Va 45 943 nafar a’zoga ega.

Umida Djalilova,

kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi yetakchi mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech