http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xotira va qadr

Shukronalik saodati

on .

Olmaliq shahrida yashovchi Rustam ota Shokirov bu yil 93 bahorni qarshi oldi.

Kuni-kecha Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “Olmaliq KMK” AJ markaziy apparati kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Dilorom Usanova, loyiha ishlari boshqarmasi boshlig’i Anvar Uraimov, boshqarma xodimasi Ra’no Jo’raevalar otaxonning uyiga tashrif buyurib, kombinat rahbariyatining 1 million so’mlik pul mukofoti hamda oziq-ovqat jamlamalarini topshirishdi. Nuroniy faxriyning quvonchi cheksiz, bu e’tibor va g’amxo’rlikdan ko’ngli tog’dek ko’tarildi.

- Dunyoda tinchlik va xotirjamlikdan buyuk ne’mat yo’qdir, - deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rustam ota Shokirov. - Men uchun osmoni musaffo yurtda, e’zoz va e’tiborda yashashdan-da ortiq baxt yo’q. Urushning dahshatlarini bizlar ko’rdik, sizlar hech ko’rmang! Nomi o’chsin, bu urushning! Necha-necha safdoshlarimning fojeali o’limiga guvoh bo’lganman (ko’zlariga yosh olib xotirlaydi). Ayrimlari jang maydonlarida ko’z o’ngimda halok bo’lgan bo’lsa, yana ayrimlari yarador bo’lib, og’riqning zo’ridan ingrab-ingrab joni uzilardi. Urushda uchuvchi bo’lib xizmat qilganman. Vazifamiz dushman arteleriyasining zirhli texnikalarini safdan chiqarish, piyoda qo’shinlari joylashgan frontlarga zarba berish, qo’shinlarimiz harakatlanishlari uchun xavfsiz hududlarni olib berish, dushman pozitsiyalari hamda zahira kuchlarni yo’q qilish bo’lgan... Aziz farzandlarim! Bizlar boshimizdan do’zax azoblarini o’tkazdik, sizlar Tinchlikning qadriga yetinglar, shunday dorilomon kunlarga shukrona keltiringlar! Ilohim, tinch-osoyishta, farovon hayotimiz barqaror bo’lsin!

Rustam ota Shokirov 20 yildan ortiq vaqt mobaynida Olmaliq shahrida mas’ul lavozimlarda xizmat qilib, xalq dardi bilan yashadi. Hozirda keksalik gashtini surayotgan Rustam ota qo’llarini duoga ochar ekan, yuzlari yanada yorishib ketdi. Chehrasida shukronalik hissi barq urdi. Darhaqiqat, e’tibor va rag’bat inson uchun eng oliy saodat, ularning boy hayotiy tajribasi esa biz yoshlarga ibrat namunasidir.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech