http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xotira va qadr

Samarqandda maqbara, qarshida haykal...

on .

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to’g’risida»gi qarorida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’anievich Karimovning ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo’lidagi ulkan tarixiy xizmatlarini inobatga olib hamda u kishining xotirasini abadiylashtirish bo’yicha boshlangan ishlarni davom ettirish maqsadida qator tadbirlar belgilangan.

  • Samarqand shahrida Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasini ochish;
  • Qarshi shahrida Islom Karimov xotirasiga bag’ishlab haykal o’rnatish va tantanali ochilish marosimini o’tkazish;
  • «O’zbekkino» Milliy agentligi tomonidan Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratish;
  • «O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov faoliyati xronikasi (solnoma)» kitobini, «Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir», «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarlari, shuningdek, «Prezidentga maktublar» kitobini nashr etish;
  • Samarqand shahrida «Islom Karimov - O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi» mavzuida xalqaro ilmiy konferentsiya o’tkazish;
  • 2018 yilning I choragida «Islom Karimov xotirasiga bag’ishlangan «Eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola» tanlovini yakunlash va uning g’oliblarini taqdirlash;
  • ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, turli soha mutaxassislari ishtirokida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga bag’ishlangan uchrashuvlar tashkil etish;
  • Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan «Islom Karimov - mustaqil O’zbekiston asoschisi» kitob-albomni nashrga tayyorlash ishlari olib borilib, Birinchi Prezidentimiz xotirasi yanada abadiylashtiriladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech