http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xotira va qadr

Ehtirom va e’zoz ramzi

on .

Yirik sanoat korxonasi bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarish faoliyatida murabbiy-mutaxassislarning o’rni va mavqei o’ziga xos ahamiyatga egadir.

Ular bugun mehnat jamoalarining asosini tashkil etib, yosh ishchi-rahbarlar ustozlar asos solgan tajriba maktabida saboq olib kamol topishmoqda.

Qalmoqqir kon boshqarmasi faxriysi, uchastka boshlig’i sifatida qariyb 20 yil mehnat qilgan Begmat O’runqulovni nafaqat ixtisoslashgan markaziy ta’mir uchastkasi, balki boshqarma jamoalarining barchasi yaxshi taniydi. Mehnat faoliyati davomida kasbini sidqidildan ardoqlab, kon ishlab chiqarish yutuqlariga o’zining munosib hissasini qo’shgan, o’nlab shogird-izdoshlarni yetishtirib, ustozlik maqomini olgan Begmat Rustamovichni kuni kecha hamkasblari izzat-ikrom ko’rsatgan holda nafaqaga kuzatishdi. Qahramonimiz burchiga sadoqatli, fidoyi, o’z sohasini yaxshi biladigan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega rahbar sifatida jamoadoshlari orasida obro’-e’tibor va hurmat qozondi. Uning yuksak kasbiy mahorati, amaliy ishi davomida to’plagan boy tajribasi, faollik va harakatchanligi samarali natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ta’mirchilik maktabi asoschisi, malakali mutaxassisning mehnatlari II darajali “Konchilik sharafi” ko’krak nishoniga munosib topildi.

Hamkasb shogirdlari qadrdon ustozini kuzatar ekan, Begmat O’runqulov murabbiylik qilgan damlarni, uning doimo yordam berishga, tushuntirishga, o’rgatishga shay bo’lganini iliq so’zlar bilan e’tirof etishdi. Boshqarma rahbariyati va kasaba uyushmasi qo’mitasi, shuningdek aziz jamoasi Begmat Rustamovichga qimmatli mehnati va xizmati uchun o’z minnatdorchiliklarini ramzi sifatida to’n va televizor sovg’a qildilar. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, ayni damda O’runqulovlar sulolasi vakillari kombinatning turli korxonalarida mehnat qilishmoqda.

Fursatdan foydalanib, baxtli bir oilaning ustuni, 4 farzand, 20 nafarga yaqin nabira va chevaralarning bobojonisi bo’lgan Begmat O’runqulovga sog’lik-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilab qolamiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech