http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xotira va qadr

Urush va mehnat faxriylari xonadonida

on .

“Olmaliq KMK”AJ Avtomobil transporti boshqarmasi boshlig’i Sobir Alimov boshchiligida kasaba uyushmasi qo’mitasi faollari va ATB yoshlari bilan birgalikda urush orti mehnat fronti qatnashchilariga ijtimoiy yordam ko’rsatish maqsadida 12 nafar keksalar holidan habar olindi.

Korxonamiz yoshlari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Fidoyi yoshlar” otryadi tomonidan keksalarimizning uy ishlarida ko’maklashish, tomorqalarini obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Urush va mehnat faxriylari Antonina Alekseevna, Zobira Zaripova, Vladimir Yashin hamda Ismiyamin Xamatgalievlar xayrli ishlar tashkilotchilari bilan mazmunli suhbatlar qurishib, o’zlarining hayotiy tajribalari va urush vaqtidagi mashaqqatli mehnatlari haqida gapirib berdilar. Bugungi baxtiyor hayotga, tinchligimizga ming bora shukronalar aytib yashash lozimligini bot-bot takrorlashdi. ATB boshlig’i turmush qurganlariga 60 yil bo’lgan Ismiyamin Xamatgaliev va Zobira Zaripova hamda barcha urush orti mehnat fronti qatnashchilariga ijtimoiy ko’mak sifatida oziq ovqat jamlamalarini topshirdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech