http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xotira va qadr

Ehtiromdan shodlangan dillar

on .

“Olmaliq KMK” AJ Kovuldi koni rahbariyati, kasaba uyushmasi qo’mitasi va faol yoshlarining nuroniy keksalar xonadoniga tashrifi doimiy an’anaga aylangan.

Shahrimizning Buloqsoy ko’chasida istiqomat qilib kelayotgan 84 yoshli Sora momo Dosaevaning mahalladoshlari hurmat va ehtirom bilan tilga olishadi. Ayni yoshlik damlari ikkinchi jahon urushi yillariga to’g’ri kelgan onaxon front ortida mehnat qilib, g’alabaga o’zining kamtarona ulushini qo’shdi. Keyin esa urush asoratlari va izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklashdek mas’uliyatli ishlarda ham faol ishtirok etdi. Ona sifatida o’g’il-qizlarini tarbiyalab, el xizmatiga yo’lladi.  Kuni kecha Iydi qurbon hayiti munosabati bilan kon faollari nuroniy momoni bayram sovg’asi va oziq-ovqat jamlamalari bilan yo’qladilar. Tashrifdan shodlangan onaxon yurtimizga tinchlik, omonlik, kombinat mehnatkashlari ishlari rivojini yaratgandan so’rab, uzoq duolar qildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech