Xotira va qadr

Sizga ta’zim, aziz ustozlar!

on .

Inson yashar ekan, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo’l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo’lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko’nglida hamisha minnatdorlik tuyg’usi bilan yashaydi.

Maktab ostonasiga ilk qadam qo’yganimizda qo’limizga qalam tutqazib, alifboni o’rgatgan birinchi ustozimiz siymosini, bu ulug’ zotning fidokorona mehnatini doimo chuqur entikish bilan eslaymiz va qalbimizda ularga nisbatan hurmat-ehtirom hissini tuyamiz.

Har yili 1 oktyabr kuni bizga ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz. Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha ta’lim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o’quv yurtida ustozlardan saboq olamiz.

Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning “Ustoz otangdek ulug’”, degan purhikmat naqlida ham o’qituvchi va murabbiylarga bo’lgan samimiy ehtirom namoyon. Bu bayram, avvalo, o’zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko’z nuri va qalb qo’ri, butun borlig’ini ayamasdan, ma’rifat yo’lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir. Yurak taftini ustozdek mashaqqatli va fidokorona kasbga bag’ishlagan ana shunday aziz insonlarni samimiy qutlab, minnatdorchilik bildirish biz uchun ham qarz, ham farzdir!

Bayramingiz muborak bo’lsin aziz va mo’’tabar ustoz-murabbiylar!

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech