http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xotira va qadr

Ibrat maktabi

on .

1 oktyabr - mamlakatimizda o’qituvchi va murabbiylar o’zlarining kasbbayramlarini nishonlashadi. Ana shu qutlug’ sana arafasida biz konchi-metallurglarning ustozi, sohaga doir ko’plab ilmiy qo’llanmalar muallifi Abdurashid Hasanov o’zining 60 yillik to’yini kutib olmoqda.

Ustoz Abdurashid Solievichga biz yoshlar havas ko’zi bilan qaraymiz. Undagi shijoat, ilmga, o’rganishga tashnalik, tashkilotchilik ishlarida hamisha faollik, yosh mutaxassislarga berayotgan o’gitlari bizlarni ustozdek bo’lishga undaydi.

“Pirometallurgiya usulida qattiq va suyuq konverter toshqollarini qaytaruvchi-sulfidli komponentlar bilan atrof-muhitni sofligini saqlagan holda qayta ishlash” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi, “Rux va mis ishlab chiqarishda texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi” mavzusida doktorlik ishi asnosida ishlab chiqarishda katta samaraga erishildi.

Professor A.Hasanov 400dan ortiq  ilmiy-uslubiy maqolalar, jumladan, 20 ta mualliflik guvohnomasi va patent, 14 ta monografiya, 12 ta o’quv qo’llanma va 20 ta turli janrdagi risola va kitoblar muallifi. Ustoz muntazam ravishda Mustaqil davlatlar hamdo’stligi, Xalqaro hamda Respublika miqyosidagi konferentsiyalarda qatnashib, davlat granti mavzularidagi ilmiy ishlarda ishtirok etib kelmoqda.

Biz yosh konchi-metallurglar Abdurashid Hasanov tomonidan har tomonlama chuqur tahlil etilgan ilmiy ishlar samarasi bo’lgan ilmiy adabiyotlarni o’qib, o’rganib, soha bo’yicha tasavvurlarimizni yanada boyitib bormoqdamiz.

Bugun ustozning ko’plab shogirdlari nomzodlik va doktorlik ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Qolaversa, kombinatimizning ko’plab sex va bo’limlarida samarali faoliyat ko’rsatib kelayapti.

Butun hayoti, faoliyati, ilmiy izlanishlari, adabiyot va san’atga bo’lgan mehru-muhabbati bilan biz yoshlarga ibrat maktabi bo’lib kelayotgan ustoz Hasanov Abdurashid Solievichdan kitobga mehrni, kasb-kor va Vatanga fidoyilikni o’rganishda davom etaveramiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech