http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xotira va qadr

“Mehribon ustozim, aziz muallim”

on .

Joriy yilning 29 sentyabrida Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetining Olmaliq filialida 1 oktyabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Mehribon ustozim, aziz muallim” tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda filial direktori Alisher Samadov so’zga chiqib, ustozlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

- Davlatimiz biz pedagoglarga bildirayotgan katta ishonchni qalbdan his etishimiz zarur. Bugungi murakkab, tahlikali davrda fidoyi, mard, ma’rifatli avlodlarni tarbiyalash ham kasbiy, ham fuqarolik burchimiz sanaladi. Bilaman, orangizda kasbingizga, ma’rifatga qalb-qo’rini bag’ishlagan olijanob ustoz-murabbiylar bisyor. Sizlarning bu ezgu mehnatingiz Vatanimiz ertasini bundan-da chiroyli, bundan-da ravnaqli bo’lishiga xizmat qiladi. Yoshlarimiz bizdan o’rnak, namuna oladi. Ularga nafaqat ilmu tajribamiz, balki go’zal muomalamiz, yurish-turishimiz, odamiyligimiz bilan ham ibrat bo’laylik. Filialimizdagi iqtidorli talabalardan - Sarvinoz Rahmonova, O’lmas Xolboev, Gulishahnoz Ismoilova, Noila Anorboeva, Mahliyo Ortiqboeva, Sevara Ahmedovalarning saflari kengayishini istab qolar edim, bularning har birining ma’naviy dunyoqarashi, bilimi va mazmunli fikrlari boshqa tengdoshlari uchun namunalidir,  - deydi Alisher Samadov.

Dastavval, maktabga ilk qadam qo’ygan yosh qalamkash Mahmudjon Mahmudov ustozlarni bayram bilan qutlab, o’zining ijod namunalaridan hikoya qildi. Ushbu ayyom tadbiri davomida bir guruh fidoyi, jonkuyar professor-o’qituvchilar Faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Talaba Sarvinoz Rahmonova tomonidan yod olingan “O’zinida ayamay, borin sochib bormoqda” deb nomlangan monolog barchaga birdek manzur bo’ldi. Unda jaholatga ma’rifatgina tik boqishi, haqiqiy ilm kishisi ba’zan ochmi, ba’zan to’q bo’lsin, faqat va faqat kasbini muqaddas bilib, butun vujudi bilan ilmu ma’rifatga, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga o’zini baxshida etishi, yonib atrofga o’z yorug’ligi bilan ziyo taratayotgan sham misolida madh etildi. Undagi satrlarga bir e’tibor beringda:

Qarang, qarang yonmoqda, yongan sayin kuymoqda,

O’zinida ayamay, borin sochib bormoqda!

Darhaqiqat, haqiqiy, jonfido USTOZni na dang’illama hovli, na zamonaviy rusumdagi mashina-yu qimmatbaho zebu-ziynat qiziqtirmaydi, uning bilgan shuuri shundaki, yosh avlodning kelajakka munosib vorislar bo’lib ulg’ayishi hamda ma’nan boy insonlar bo’lib voyaga yetishidadir.

Tadbir ota-ona, ustozlar, insonlar o’rtasidagi mehr-oqibat mavzulariga bag’ishlangan kuy-qo’shiqlar bilan yanada ta’sirli va mazmunli o’tdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech