Xotira va qadr

Hayotimiz charog’bonlariga ta’zimdamiz!

on .

1 oktyabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida bayram tadbiri o’tkazildi.

Kechaga IOB MTMlarida mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriy murabbiylar ham taklif etildi.

Tadbir davomida “Metallurg” MS ijodiy dastalari tomonidan jozibali raqslar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi. Yosh mutaxassislar esa ustozlarni madh etuvchi she’rlarni yod olishdi. Ayniqsa, 4-MTM musiqa rahbarlari ijrosidagi musiqiy chiqishlar olqishlarga sazovor bo’ldi.

Shu kuni bayram munosabati bilan kombinat Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 18 nafar MTM xodimlariga qimmatbaho sovg’alar tuhfa etildi.

O’qituvchi, ustozlar hayotimiz charog’boni. Ularni qanchalik e’zozlasak, ardoqlasakda kam, albatta.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech